https://oz.sputniknews.uz/20251028/chegara-shartnoma-53042593.html
Deputatlar o‘zbek, qirg‘iz va tojik chegaralariga oid shartnomani ma’qulladi
Deputatlar o‘zbek, qirg‘iz va tojik chegaralariga oid shartnomani ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi. Hujjat chegaradosh hududlar iqtisodiy hamkorligi va yaxshi qo‘shnichilikni rivojlantirishga xizmat qiladi
2025-10-28T17:32+0500
2025-10-28T17:32+0500
2025-10-28T17:32+0500
o‘zbekiston
tojikiston
qirg‘iziston
chegara
ratifikatsiya
siyosat
shartnoma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/05/51741738_1:0:1279:719_1920x0_80_0_0_3cfa14393316d2ed4580b10e2aafabf9.jpg
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.Shartnoma 2025-yil 31-mart kuni Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi chog‘ida imzolangan. Unga muvofiq uch davlatning chegaralari tutashgan nuqtaning aniq joylashuvi hamda shu hududda davlat chegaralari chiziqlarining o‘tishi belgilab qo‘yildi.Shu bilan birga butun Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan muhim qadam sifatida qayd etiladi.Shartnoma uch davlat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarning jadallashuviga, chegaradosh hududlarning iqtisodiy hamkorligining kuchayishiga, chegaraoldi savdo hajmining o‘sishiga, infratuzilmaviy loyihalarni hamohang amalga oshirishga va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250829/tajikistan-kelishuv-imzo-51595199.html
o‘zbekiston
tojikiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/05/51741738_0:0:959:719_1920x0_80_0_0_d4bd661870cb8e1944b7673eca171dc5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston chegarasi, qirg‘iziston, tojikiston, uch davlat chegarasi, ratifikatsiya, xo‘jand uchrashuvi, markaziy osiyo hamkorligi, chegaraoldi savdo, strategik sheriklik, kirgizston
o‘zbekiston chegarasi, qirg‘iziston, tojikiston, uch davlat chegarasi, ratifikatsiya, xo‘jand uchrashuvi, markaziy osiyo hamkorligi, chegaraoldi savdo, strategik sheriklik, kirgizston
Deputatlar o‘zbek, qirg‘iz va tojik chegaralariga oid shartnomani ma’qulladi
Ta’kidlanishicha, shartnoma uch davlat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarning jadallashuviga, chegaradosh hududlarning iqtisodiy hamkorligining kuchayishiga xizmat qiladi.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda
qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Shartnoma 2025-yil 31-mart kuni Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi chog‘ida
imzolangan. Unga muvofiq uch davlatning chegaralari tutashgan nuqtaning aniq joylashuvi hamda shu hududda davlat chegaralari chiziqlarining o‘tishi belgilab qo‘yildi.
"Mazkur shartnoma uch qardosh mamlakatlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi", - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga butun Markaziy Osiyo mintaqasining xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan muhim qadam sifatida qayd etiladi.
Shartnoma uch davlat fuqarolari o‘rtasidagi aloqalarning jadallashuviga, chegaradosh hududlarning iqtisodiy hamkorligining kuchayishiga, chegaraoldi savdo hajmining o‘sishiga, infratuzilmaviy loyihalarni hamohang amalga oshirishga va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.