Tog‘lar ichra parvoz: Urgutda xalqaro paraplan festivali o‘tmoqda

© SputnikV Samarkande proxodit mejdunarodniy festival paraplanerizma
V Samarkande proxodit mejdunarodniy festival paraplanerizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2026
Obuna bo‘lish
Urgut tumanidagi tog‘ yonbag‘irlarida O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istondan bo‘lgan 40 nafardan ortiq paraplanchi ishtirokida xalqaro festival o‘tmoqda.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida xalqaro paraplan festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Festival Urgut tumanidagi Andak mahallasi tog‘ yonbag‘irlarida tashkil etilgan. Unda O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istondan 40 nafardan ortiq paraplanchi ishtirok etmoqda. Festival davomida ularga Qirg‘iziston va Tojikiston sportchilari ham qo‘shilishi rejalashtirilgan.
© SputnikV Samarkande proxodit mejdunarodniy festival paraplanerizma
V Samarkande proxodit mejdunarodniy festival paraplanerizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2026
V Samarkande proxodit mejdunarodniy festival paraplanerizma
Musobaqalar uchta toifada o‘tkaziladi: ayollar, milliy va umumiy individual yo‘nalishlar. Ishtirokchilar har kuni parvoz qilib, yo‘nalishni aniq bajarish, parvoz davomiyligi, uchish texnikasi va boshqa mezonlar bo‘yicha ball to‘playdi.
Festival tashkilotchilaridan biri, katta instruktor Alisher Islomovning aytishicha, Urgut tog‘lari uzra asosan tajribali paraplanchilar parvoz qilmoqda. Ular orasida Rossiyadagi paraplaner maktablaridan birining katta instruktori Pavel Mitlyukayev ham bor.
© SputnikV Samarkande proxodit mejdunarodniy festival paraplanerizma
V Samarkande proxodit mejdunarodniy festival paraplanerizma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2026
V Samarkande proxodit mejdunarodniy festival paraplanerizma
O‘zbekiston nomidan Alisher Islomov va Vlad Yevseyev ishtirok etmoqda.
Festival 10-may kuni yakunlanadi.
Samarkand prinimayet etap World Triathlon Championship Series, a takje Kubok mira po paratriatlonu.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2026
Samarqandda dunyoning eng kuchli triatlonchilari bellashmoqda
Yangiliklar lentasi
0