Samarqandda dunyoning eng kuchli triatlonchilari bellashmoqda

© SputnikSamarkand prinimayet etap World Triathlon Championship Series, a takje Kubok mira po paratriatlonu.
Samarkand prinimayet etap World Triathlon Championship Series, a takje Kubok mira po paratriatlonu.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2026
Obuna bo‘lish
Samarqandda o‘tayotgan triatlon bo‘yicha World Triathlon Championship Series bosqichi va paratriatlon Jahon kubogida 40 tadan ortiq davlatdan 670 nafarga yaqin sportchi qatnashmoqda.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston bu yil triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqalarning eng yuqori darajasi sanaladigan World Triathlon Championship Series mavsumini Samarqandda ochmoqda. Shu bilan birga, shahar paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogiga ham mezbonlik qilyapti.

Musobaqada 40 tadan ortiq davlatdan, jumladan, Rossiyadan ham sportchilar ishtirok etmoqda. Ular orasida dunyoning eng kuchli triatlonchi va paratriatlonchilari, sovrindorlar hamda Olimpiya chempionlari bor.

“Elita” toifasida jami 98 nafar sportchi bellashmoqda. Qolgan ishtirokchilar havaskorlar yo‘nalishida startga chiqadi.
© SputnikSamarkand prinimayet etap World Triathlon Championship Series, a takje Kubok mira po paratriatlonu.
Samarkand prinimayet etap World Triathlon Championship Series, a takje Kubok mira po paratriatlonu.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2026
Samarkand prinimayet etap World Triathlon Championship Series, a takje Kubok mira po paratriatlonu.
Triatlon — sportning uch turini birlashtirgan musobaqa bo‘lib, ishtirokchilar belgilangan masofada avval suzish, so‘ng velosipedda poyga qilish va yakunda yugurish bo‘yicha bellashadi. Paratriatlon esa imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan triatlon yo‘nalishidir.
© SputnikSamarkand prinimayet etap World Triathlon Championship Series, a takje Kubok mira po paratriatlonu.
Samarkand prinimayet etap World Triathlon Championship Series, a takje Kubok mira po paratriatlonu.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2026
Samarkand prinimayet etap World Triathlon Championship Series, a takje Kubok mira po paratriatlonu.
Mavsum doirasida dunyo bo‘ylab oltita bosqich o‘tkaziladi. O‘zbekiston esa ushbu nufuzli turnirning ilk bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Samarqand bunday yuqori darajadagi musobaqaga birinchi marta mezbonlik qilayotgani yo‘q. 2024-yilda bu yerda triatlon bo‘yicha Jahon kubogi o‘tkazilgan. Keyinchalik turnir a’lo darajada tashkil etilgani va xalqaro federatsiya tomonidan ijobiy baholangani tufayli Samarqand yana bir bor nufuzli musobaqani qabul qilish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi Yelena Kun Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

V Samarkande proxodat prestijnie sorevnovaniya — World Triathlon Cup Samarkand-2025 i World Triathlon Para Cup Samarkand-2025. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Triatlon bo‘yicha harbiylar chempionatida O‘zbekiston uchinchi o‘rinni egalladi
Yangiliklar lentasi
0