https://oz.sputniknews.uz/20260222/russia-daromad-past-migrant-patent-cheklanish-55876141.html
Rossiyada rasmiy daromadi past migrantlarga patent berish cheklanishi mumkin
Rossiyada rasmiy daromadi past migrantlarga patent berish cheklanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumati mehnat patentini daromad yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga bermaslik bo‘yicha qonun loyihasini Davlat Dumasiga kiritdi.
2026-02-22T16:58+0500
2026-02-22T16:58+0500
2026-02-22T17:00+0500
dunyo yangiliklari
rossiya
migrantlar
migratsiya
rossiya davlat dumasi
qonunchilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/247/10/2471001_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_092c5549c4aa3e661993540a984ae27f.jpg
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Rossiya hukumati Davlat Dumasiga mehnat patentini berish yoki uzaytirishni migrantning daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan taqdirda taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritdi. Hujjat Duma elektron bazasida e’lon qilingan.Loyihaga ko‘ra, agar chet el fuqarosining o‘zi va uning qaramog‘idagi oila a’zolariga to‘g‘ri keladigan oylik daromadi belgilangan yashash minimumidan past bo‘lsa, unga patent berilmasligi yoki uzaytirilmasligi mumkin. Yashash minimumi miqdori Rossiya hududlaridagi mintaqaviy koeffitsiyentlar asosida hisoblanadi.Qonun loyihasi patentni birinchi marta rasmiylashtirayotgan shaxslarga hamda faqat jismoniy shaxslarda shaxsiy-maishiy xizmat ko‘rsatuvchi migrantlarga tatbiq etilmaydi.Shuningdek, vaqtincha yoki doimiy yashashni tasdiqlashda migrantlar o‘z daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma, soliq deklaratsiyasi yoki investitsiya va boshqaruv faoliyatidan olingan daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251220/2026-yil-patent-narxi-54240903.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/247/10/2471001_224:0:1349:844_1920x0_80_0_0_9b0966f609b7898e5e1818a73f143e6f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, davlat dumasi, migrantlar, mehnat patenti, yashash minimumi, rossiya iiv, soliq organlari, daromad, qonun loyihasi, vaqtincha yashash
rossiya, davlat dumasi, migrantlar, mehnat patenti, yashash minimumi, rossiya iiv, soliq organlari, daromad, qonun loyihasi, vaqtincha yashash
Rossiyada rasmiy daromadi past migrantlarga patent berish cheklanishi mumkin
16:58 22.02.2026 (yangilandi: 17:00 22.02.2026) Rossiyada patent daromadga bog‘lanishi mumkin, ammo uy xo‘jaliklarida shaxsiy-maishiy xizmat ko‘rsatuvchi migrantlar bundan mustasno.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Rossiya hukumati Davlat Dumasiga mehnat patentini berish yoki uzaytirishni migrantning daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan taqdirda taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini kiritdi. Hujjat Duma elektron bazasida
e’lon qilingan.
Loyihaga ko‘ra, agar chet el fuqarosining o‘zi va uning qaramog‘idagi oila a’zolariga to‘g‘ri keladigan oylik daromadi belgilangan yashash minimumidan past bo‘lsa, unga patent berilmasligi yoki uzaytirilmasligi mumkin. Yashash minimumi miqdori Rossiya hududlaridagi mintaqaviy koeffitsiyentlar asosida hisoblanadi.
Soliq organlari kalendar yil davomida migrantning daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda Ichki ishlar vazirligiga taqdim etadi. Ma’lumotlar ish beruvchilarning sug‘urta hisobotlari yoki “Professional daromad solig‘i” rejimi bo‘yicha deklaratsiyalar asosida shakllantiriladi.
Qonun loyihasi patentni birinchi marta rasmiylashtirayotgan shaxslarga hamda faqat jismoniy shaxslarda shaxsiy-maishiy xizmat ko‘rsatuvchi migrantlarga tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, vaqtincha yoki doimiy yashashni tasdiqlashda migrantlar o‘z daromadlari to‘g‘risida ma’lumotnoma, soliq deklaratsiyasi yoki investitsiya va boshqaruv faoliyatidan olingan daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi kerak bo‘ladi.