O‘zbekistonliklar "Qatar Airways" kompaniyasida ishlash uchun tanlab olinadi

© Sputnik / Aleksey KudenkoSamolet Qatar Airways
Samolet Qatar Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2026
Obuna bo‘lish
May–iyun oylarida aviakompaniya uchun 65 nafar nomzod tanlab olinadi. Kelgusida 1 600 mutaxassisni jalb qilish, sentabrda esa Qatar mehnat forumi o‘tkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. "Qatar Airways" kelgusida O‘zbekistondan uchuvchilik, mexanika, elektrotexnika va muhandislik sohalarida 1 600 nafar oliy ma’lumotli mutaxassisni jalb qilish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kompaniya vitse-prezidenti Fathi Atti bilan uchrashuvda joriy yil may–iyun oylarida aviatsiya sohasida 65 nafar nomzodni tanlab olish masalasi kelishilgan.
Ma’lum qilinishicha, Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi mas’ullari migratsiyaga oid uchrashuvlar o‘tkazgan.

Qatar mehnat vaziri Ali bin Said bilan muloqotda ushbu mamlakat mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan sohalar ham muhokama qilindi. Ular qatoriga tibbiyot, turizm, aviatsiya va axborot texnologiyalari kiritilgan.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Qatar Bandlik va Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, idoralararo ishchi guruh tuzish hamda tibbiyot xodimlarini Qatar standartlari asosida tayyorlash bo‘yicha maxsus ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Qatarning davlat bandlik tashkiloti — Jusour rahbari Abdulhadi Barkan bilan muzokaralarda esa 2026-yil sentabr oyida Toshkentda “O‘zbekiston — Qatar mehnat forumi”ni o‘tkazishga kelishilgan. Forumda Qatardan 50 nafardan ortiq ish beruvchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Gorod Er-Riyad (Saudovskaya Araviya) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2026
O‘zbekistonliklar Saudiyaga qurilish, tibbiyot va turizm sohalarida ishga joylashtiriladi
Yangiliklar lentasi
0