https://oz.sputniknews.uz/20260505/ozbekistonliklar-saudi-arabia-ish-joylashtirilish-57333305.html
O‘zbekistonliklar Saudiyaga qurilish, tibbiyot va turizm sohalarida ishga joylashtiriladi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga qurilish, tibbiyot va turizm sohalarida ishga joylashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Saudiyada ishlash uchun O‘zbekistonda tibbiyot, qurilish, turizm va muhandislik sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi va malaka imtihonlari tashkil etiladi. 05.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-05-05T13:57+0500
2026-05-05T13:57+0500
2026-05-05T13:57+0500
saudiya arabistoni
migratsiya agentligi
migrantlar
ish
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/05/57333096_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_a990d17a2ae780acb603e8f3ae0552f8.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekistonliklarni Saudiya Arabistonida qonuniy va tizimli ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tashkil etiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.Ma’lum qilinishicha, Migratsiya agentligi, TIV va O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi mas’ullaridan iborat delegatsiya ushbu davlatda bir qator uchrashuvlar o‘tkazgan.Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Ahmad al-Sharqiy bilan muloqotda xorijiy ishchi kuchini jalb qilish mexanizmlari va mehnat vizalarini malaka darajalari bo‘yicha ajratish tizimi muhokama qilingan.Nomzodlar uchun malaka imtihonlari tashkil etiladi va ularni Saudiyada ishga joylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.Bundan tashqari, Saudiyada xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va ish beruvchilarni kadrlar bilan ta’minlashga ixtisoslashgan KDOT rekruting tashkiloti hamda yirik ish beruvchilar bilan ham muzokaralar o‘tkazilgan.Unda yuqori talabga ega kasblar bo‘yicha maqsadli ta’lim va kasbiy tayyorgarlik dasturlarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251230/ozbekistonlik-saudi-arabia-ish-taminlanish-54552298.html
saudiya arabistoni
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/05/57333096_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_cdcd62e9743fc7983a89be47e1b3b1e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saudiya arabistoni, migratsiya agentligi, migrantlar, ish, o‘zbekiston
saudiya arabistoni, migratsiya agentligi, migrantlar, ish, o‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Saudiyaga qurilish, tibbiyot va turizm sohalarida ishga joylashtiriladi
Saudiyada ishlash uchun O‘zbekistonda tibbiyot, qurilish, turizm va muhandislik sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi va malaka imtihonlari tashkil etiladi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekistonliklarni Saudiya Arabistonida qonuniy va tizimli ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tashkil etiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi
ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Migratsiya agentligi, TIV va O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi mas’ullaridan iborat delegatsiya ushbu davlatda bir qator uchrashuvlar o‘tkazgan.
Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Ahmad al-Sharqiy bilan muloqotda xorijiy ishchi kuchini jalb qilish mexanizmlari va mehnat vizalarini malaka darajalari bo‘yicha ajratish tizimi muhokama qilingan.
Shuningdek, O‘zbekistonda Saudiya mehnat bozori uchun tibbiyot, qurilish, turizm va muhandislik sohalarida xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlash rejalashtirilmoqda.
Nomzodlar uchun malaka imtihonlari tashkil etiladi va ularni Saudiyada ishga joylashtirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, Saudiyada xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va ish beruvchilarni kadrlar bilan ta’minlashga ixtisoslashgan KDOT rekruting tashkiloti hamda yirik ish beruvchilar bilan ham muzokaralar o‘tkazilgan.
Unda yuqori talabga ega kasblar bo‘yicha maqsadli ta’lim va kasbiy tayyorgarlik dasturlarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqilgan.