1 apreldan kameralar ham jarima ballari hisoblashni boshlaydi

© SpeedCamNoviy radar dlya izmereniya skorosti avtomobiley "Kordon"
Noviy radar dlya izmereniya skorosti avtomobiley Kordon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2026
Obuna bo‘lish
Jarima ballari transport vositasi egasi va undan ishonchnoma yordamida foydalanuvchi boshqa haydovchilar orasida taqsimlanadi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. 2026 yil 1-apreldan kameralar ham jarima ballari hisoblashni boshlaydi. Bu haqida Hukumatning 676-sonli qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorga ko‘ra 2026-yil 1-apreldan boshlab:
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan tegishli yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballari hisoblanadi;
jarima ballari transport vositasi egasi va undan ishonchnoma, sug‘urta polisi, yo‘l varaqasi yordamida foydalanuvchi boshqa haydovchilarga taqsimlanadi;
O‘zbekistonda 2025-yilning 1-iyunidan yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimi joriy etilgan edi. 2026-yilning 1-apreliga qadar jarima ballari faqat YHXX inspektori rasmiylashtirgan qarorlar asosida belgilanar edi.

Jarima ballari haydovchilar qoidabuzarliklarni birinchi marta sodir etgan kundan boshlab, keyingi yil shu kunga qadar amal qiladi. Jarima ballari "E-jarimaball" tizimi orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblanadi.
O‘zbekistonda haydovchilar uchun yangi jarima ballari tizimi qanday ishlaydi — video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2025
Matbuot markazi
Haydovchilar uchun yangi jarima ballari nega joriy etildi va qanday ishlaydi?
Yangiliklar lentasi
0