Fashizm ustidan qozonilgan G‘alaba xotirasini himoya qilish kerak — ekspert

© Sputnik / Baxrom XatamovToshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi
Toshkentdagi Davlat “Shon-Sharaf” muzeyi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2026
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Ergashevning fikricha, bugun fashizm ustidan qozonilgan G‘alaba bilan faxrlanishning o‘zi yetarli emas, uni himoya qilish ham kerak.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Bugun Ulug‘ Vatan urushi haqidagi tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatishga qaratilgan katta axborot urushi olib borilmoqda. Fashizm ustidan qozonilgan G‘alaba bilan faxrlanishning o‘zi yetarli emas, uni bu xotiraga qarshi chiqayotganlardan himoya qilish kerak, deb hisoblaydi Toshkentdagi “Ma'no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev.
Toshkentda “Umumiy g‘alaba — kelajakka nazar” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. “Ma’no” markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyadan siyosatshunoslar, tarixchilar hamda oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
“Haqiqat bizning tomonimizda, 1945-yil may oyida Sovet Ittifoqining fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabasi ezgulikning yovuzlik ustidan qozongan g‘alabasi ekanini biladiganlar tomonida. Biz, albatta, bu bilan faxrlanishimiz mumkin. Lekin hozir shunday vazifa turibdiki, faxrlanishning o‘zi kamlik qiladi. Agar kimdir bu xotiraga qo‘l ko‘tarsa, o‘sha qo‘lni qaytarish kerak, degan pozitsiya bo‘lishi lozim”, — dedi Ergashev konferensiya ochilishida.
Uning fikricha, Ulug‘ Vatan urushi tarixini buzib ko‘rsatishga qaratilgan “dushman hikoyalari”ga o‘sha urush tarixi va G‘alabani xolis yoritish orqali javob berish kerak.

“Bugungi kunda tarixning sovet davriga va, xususan, Buyuk G‘alabaga nisbatan katta ruhiy-tarixiy, kognitiv urush olib borilmoqda. Buning ortida juda jiddiy kuchlar turibdi. Bu siyosat faqat kuchayib bormoqda”, — dedi ekspert.

Ergashev so‘nggi yillarda O‘zbekistonda, shaxsan prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘zbekistonliklarning Ulug‘ Vatan urushidagi ishtiroki tarixini saqlashga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
“Uning ortidan butun jamiyat Buyuk G‘alaba haqida gapirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu juda muhim”, — deya qo‘shimcha qildi u.
O‘zbekistonda 1999-yildan buyon 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda respublikada 80 nafarga yaqin urush qatnashchisi va 5 mingga yaqin mehnat fronti xodimi istiqomat qilmoqda.
Aniqlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, jumladan, Rossiya arxivlaridan olingan ma’lumotlar asosida, Ulug‘ Vatan urushida O‘zbekistonning 1,9 milliondan ortiq aholisi qatnashgan. Ulardan 540 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, qariyb 160 ming nafari bedarak yo‘qolgan.
Samarqandda Xotira kuniga bag‘ishlangan tadbir - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2026
9 may nomining o‘zgarishi tarixiy xotiradan voz kechish emas — tarixchi
Yangiliklar lentasi
0