Yigirma ming o‘zbekistonlik Saudiya Arabistonida ish bilan ta’minlanishi mumkin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii
Flagi Uzbekistana i Saudovskoy Aravii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2025
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan kamida 20 ming nafar kishini ishga jalb qilish niyatini bildirdi. Mazkur masala ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik doirasida muhokama qilindi
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Saudiya Arabistoni O‘zbekistondan kamida 20 ming nafar mehnat migrantini ishga jalb qilish niyatini bildirdi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu bayonot vazir Botir Zahidovning Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf bin Solih al-Utaybiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi doirasida bildirilgan.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, gumanitar hamda mehnat migratsiyasi sohalaridagi hamkorlikning joriy holati, erishilgan natijalar va kelgusidagi istiqbollar muhokama qilindi.
Shuningdek, parvarish xizmati hamda texnik mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha vazirlik tashabbuslari taqdim etildi.
Yakunlariga ko‘ra, tomonlar mehnat va bandlik sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
Sredniy meditsinskiy personal iz Uzbekistana budet trudoustroyen v Saudovskuyu Araviyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
O‘zbekistonlik o‘rta tibbiyot xodimlari Saudiyaga ishga joylashtiriladi — kelishuv imzolandi
Yangiliklar lentasi
0