https://oz.sputniknews.uz/20220904/minskdagi-gulom-yoqubov-nomidagi-maktabga-ozbek-adiblari-kitoblari-taqdim-etildi-27764304.html
Minskdagi G‘ulom Yoqubov nomidagi maktabga o‘zbek adiblari kitoblari taqdim etildi
Minskdagi G‘ulom Yoqubov nomidagi maktabga o‘zbek adiblari kitoblari taqdim etildi
Sputnik O‘zbekiston
Diplomatlar yosh avlodga fashizm balosiga qarshi kurashda jasur ajdodlar ko‘rsatgan mardlik va matonatni aslo yoddan chiqarmaslik kerakligini ta’kidlashdi. 04.09.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-09-04T15:24+0500
2022-09-04T15:24+0500
2022-09-04T15:24+0500
jamiyat
belarus
minsk
g‘ulom yoqubov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18807441_0:448:2049:1600_1920x0_80_0_0_2d88ceef11325638b64172d08ea99ec0.jpg
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Ikkinchi jahon urushi qahramoni o‘zbekistonlik G‘ulom Yoqubov nomi berilgan Minsk shahridagi 36-sonli o‘rta maktabda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, tadbirda mamlakatning Belarusdagi elchixonasi xodimlari ishtirok etib, G‘ulom Yoqubovning hayoti, Ikkinchi jahon urushida Belarus hududida qo‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berishgan.Shuningdek, O‘zbekistonning buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’lumot taqdim etildi, yosh avlodga fashizm balosiga qarshi kurashda jasur ajdodlar ko‘rsatgan mardlik va matonatni aslo yoddan chiqarmaslik kerakligi ta’kidlab o‘tildi.Diplomatlar maktab kutubxonasiga O‘zbekiston shoir va adiblari ijodiga mansub turkum kitoblarni taqdim etishdi.Avvalroq Belarus poytaxti Minsk shahridagi 36-sonli o‘rta maktabga G‘ulom Yoqubov nomi berilgani xabar qilingan edi.
belarus
minsk
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/13/18807441_0:256:2049:1792_1920x0_80_0_0_9a1ba4adf4baa0f9696dc8300ed74ca3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, belarus, minsk, g‘ulom yoqubov
jamiyat, belarus, minsk, g‘ulom yoqubov
Minskdagi G‘ulom Yoqubov nomidagi maktabga o‘zbek adiblari kitoblari taqdim etildi
Diplomatlar yosh avlodga fashizm balosiga qarshi kurashda jasur ajdodlar ko‘rsatgan mardlik va matonatni aslo yoddan chiqarmaslik kerakligini ta’kidlashdi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Ikkinchi jahon urushi qahramoni o‘zbekistonlik G‘ulom Yoqubov nomi berilgan Minsk shahridagi 36-sonli o‘rta maktabda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
“Dunyo” AA
xabariga ko‘ra, tadbirda mamlakatning Belarusdagi elchixonasi xodimlari ishtirok etib, G‘ulom Yoqubovning hayoti, Ikkinchi jahon urushida Belarus hududida qo‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berishgan.
Shuningdek, O‘zbekistonning buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’lumot taqdim etildi, yosh avlodga fashizm balosiga qarshi kurashda jasur ajdodlar ko‘rsatgan mardlik va matonatni aslo yoddan chiqarmaslik kerakligi ta’kidlab o‘tildi.
Diplomatlar maktab kutubxonasiga O‘zbekiston shoir va adiblari ijodiga mansub turkum kitoblarni taqdim etishdi.
Avvalroq Belarus poytaxti Minsk shahridagi 36-sonli o‘rta maktabga G‘ulom Yoqubov nomi berilgani
xabar qilingan edi.