https://oz.sputniknews.uz/20260504/neft-surxon-daryo-etib-borish-57313852.html
Ekologiya qo‘mitasi: neft aralashmasi Surxon darosi va Angor tumanigacha yetib bordi
Ekologiya qo‘mitasi: neft aralashmasi Surxon darosi va Angor tumanigacha yetib bordi
Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda sel oqibatida neft saqlash inshooti shikastlanib, neft aralash suyuqlik Boysundan Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Surxon darosi va Zang kanali orqali Angorgacha yetib borgani aytildi.
2026-05-04T16:21+0500
2026-05-04T16:21+0500
2026-05-04T16:21+0500
ekologiya
surxondaryo
neft
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/03/57289011_0:53:1280:773_1920x0_80_0_0_374c32049c2335448d53adc075115f12.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Kuchli yog‘ingarchilik va sel oqibatida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi neft saqlash inshooti shikastlandi. Natijada neft aralash suyuqlik tabiiy oqimlar orqali pastki hududlarga tarqalgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.O‘rganishlarga ko‘ra, tarkibida neft bo‘lgan aralashma Boysun tumanidagi Xongaronsoy hududidan oqim bo‘ylab Bandixon va Qumqo‘rg‘on tumanlarigacha yetib borgan.Shundan so‘ng aralashma Surxon” darosiga hamda Jarqo‘rg‘on tumanidagi Zang kanali orqali Angor tumanigacha tarqalgani aniqlangan.Hozirgi vaqtda vaziyat Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan.Ifloslangan suvni ajratish va zararsizlantirish uchun maxsus texnikalar jalb etilgan.Boysun tumanida neft aralash suyuqlik chiqayotgan hududdagi sel yo‘llari yopilib, neft aralashmasi lokalizatsiya qilingan.Holat yuzasidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash, sabab va omillarni o‘rganish bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.Shuningdek, mas’ul subyektlar, jumladan, “Surxan Gas Chemical Operating Company” MChJ qo‘shma korxonasi faoliyatiga huquqiy baho berish masalasi ham o‘rganilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260428/boysun-neft-daryo-tushish-kompensatsiya-57198810.html
surxondaryo
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/03/57289011_90:0:1190:825_1920x0_80_0_0_43794ff3942c50b82876c01717c2c15e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ekologiya , surxondaryo, neft, o‘zbekiston, jamiyat
ekologiya , surxondaryo, neft, o‘zbekiston, jamiyat
Ekologiya qo‘mitasi: neft aralashmasi Surxon darosi va Angor tumanigacha yetib bordi
Kuchli yog‘ingarchilik va seldan keyin neft aralash suyuqlik Surxondaryoda bir nechta tuman, daryo va kanallar orqali tarqalgan.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Kuchli yog‘ingarchilik va sel oqibatida Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi neft saqlash inshooti shikastlandi. Natijada neft aralash suyuqlik tabiiy oqimlar orqali pastki hududlarga tarqalgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
O‘rganishlarga ko‘ra, tarkibida neft bo‘lgan aralashma Boysun tumanidagi Xongaronsoy hududidan oqim bo‘ylab Bandixon va Qumqo‘rg‘on tumanlarigacha yetib borgan.
Shundan so‘ng aralashma Surxon” darosiga hamda Jarqo‘rg‘on tumanidagi Zang kanali orqali Angor tumanigacha tarqalgani aniqlangan.
Hozirgi vaqtda vaziyat Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan.
Jarqo‘rg‘on tumanidagi Zang kanali va unga tutash hududlarda neft mahsulotlarini ushlab qoluvchi maxsus to‘siqlar o‘rnatilgan. Suv yuzasidagi neft qatlamini mexanik usulda yig‘ib olish ishlari olib borilmoqda.
Ifloslangan suvni ajratish va zararsizlantirish uchun maxsus texnikalar jalb etilgan.
Boysun tumanida neft aralash suyuqlik chiqayotgan hududdagi sel yo‘llari yopilib, neft aralashmasi lokalizatsiya qilingan.
Holat yuzasidan atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash, sabab va omillarni o‘rganish bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, mas’ul subyektlar, jumladan, “Surxan Gas Chemical Operating Company” MChJ qo‘shma korxonasi faoliyatiga huquqiy baho berish masalasi ham o‘rganilmoqda.