Boysunda neftli suyuqlik daroga tushgani tufayli 8,5 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi

© Komitet po ekologii i izmeneniyu klimataZa utechku v reku neftesoderjashey jidkosti nachislena kompensatsiya v razmere bolee 8,5 mlrd sumov.
Za utechku v reku neftesoderjashey jidkosti nachislena kompensatsiya v razmere bolee 8,5 mlrd sumov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2026
Obuna bo‘lish
Boysunda kuchli yomg‘irdan keyin 1,2 tonna neftli suyuqlik Xongaronsoyga tushgan.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tarkibida neft mahsulotlari bo‘lgan suyuqlik Xongaronsoyga tushgani uchun 8,5 milliard so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, holat Davlat ekologik nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘rganilmoqda. Tekshiruv davomida “Surxan Gas Chemical Operating Company” MChJ qo‘shma korxonasiga qarashli quduqdan tarkibida neft mahsulotlari bo‘lgan suyuqlik otilgani aniqlangan.
Ushbu suyuqlikning tabiiy suv havzasiga tushishining oldini olish uchun korxona “Eriell Oilfield Services Middle East DMCC” kompaniyasi maxsus texnikalari yordamida 11 ta transheya qazgan.
Biroq 23-aprel kuni Boysunda kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan. Oqibatda tarkibida neft mahsulotlari bo‘lgan 1,2 tonna suyuqlik Xongaronsoyga tushgan.
Yetkazilgan zarar uchun Vazirlar Mahkamasining 202-son qarori asosida 8,5 milliard so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblangan.
Qo‘mitaga ko‘ra, hozirda hodisa oqibatlari bartaraf etilgan, suv neft aralashmasidan tozalangan. O‘rganish yakunlangach, to‘plangan materiallar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
Na mestorojdenii M-25 zafiksirovan vixod neftanoy jidkosti na poverxnost - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2026
Boysundagi “M-25” konida neft sizib chiqishi chiqdi — Energetika vazirligi
Yangiliklar lentasi
0