https://oz.sputniknews.uz/20260504/mirziyoev-adb-suniy-intellekt-dastur-taklif-57309244.html
Mirziyoyev OTBga sun’iy intellekt bo‘yicha yangi dastur taklif qildi
Mirziyoyev OTBga sun’iy intellekt bo‘yicha yangi dastur taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev OTB yig‘ilishida sun’iy intellekt, data-markazlar, raqamli magistral va “yashil” energiya bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi. O‘zbekistonda 200 dan ortiq AI loyihalari amalga oshirilmoqda.Lid
2026-05-04T12:19+0500
2026-05-04T12:19+0500
2026-05-04T12:19+0500
shavkat mirziyoyev
osiyo taraqqiyot banki (otb)
sun’iy intellekt
energetika
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/04/57308606_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_d10dafc57082f1e382f0f20e7e0b7fa9.jpg
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik yig‘ilishida O‘zbekiston iqtisodiyoti, sun’iy intellekt, raqamli infratuzilma va “yashil” energetika bo‘yicha ustuvor rejalar haqida so‘z yuritdi.Mirziyoyev JST prognozlariga tayanib, 2040-yilga borib sun’iy intellekt xalqaro savdo aylanmasini qo‘shimcha 40 foizga oshirishi mumkinligini ta’kidladi..O‘zbekistonda sunn’iy intellekt yo‘nalishda bir qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda:— Sun’iy intellekt xabini tashkil etish boshlangan;— iqtisodiyot tarmoqlarida 200 dan ortiq AI loyihalari ustida ishlanmoqda;— hududlarda data-markazlar, superkompyuterlar va sun’iy intellekt laboratoriyalarini ko‘paytirish rejalashtirilgan;— “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari”ni tayyorlash dasturlari amalga oshirilmoqda.Shuningdek, O‘zbekiston bankning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qo‘shilishi ma’lum qilindi. Prezident Toshkentda ushbu tashabbusning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari surdi.Davlat rahbari raqamli texnologiya va sun’iy intellekt rivojlanishi energiyaga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirayotganiga ham e’tibor qaratdi.O‘zbekiston bu yo‘nalishda 5,6 ming megavattlik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirib, generatsiyada “yashil” energiya ulushini 30 foizga yetkazgan. 2030-yilga borib bu ko‘rsatkichni 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251202/suniy-intelekt-qoidabuzarlik--aniqlash-53860903.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/04/57308606_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6922db7a953643fe7b04537ebf1fd0d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, osiyo taraqqiyot banki (otb), sun’iy intellekt, energetika, jamiyat, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, osiyo taraqqiyot banki (otb), sun’iy intellekt, energetika, jamiyat, o‘zbekiston
Mirziyoyev OTBga sun’iy intellekt bo‘yicha yangi dastur taklif qildi
Prezident OTB yig‘ilishida sun’iy intellektni rivojlantirish, Toshkentda raqamli magistral markazini ochish va “yashil” energiya ulushini oshirish tashabbuslarini ilgari surdi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik yig‘ilishida O‘zbekiston iqtisodiyoti, sun’iy intellekt, raqamli infratuzilma va “yashil” energetika bo‘yicha ustuvor rejalar haqida
so‘z yuritdi.
Mirziyoyev JST prognozlariga tayanib, 2040-yilga borib sun’iy intellekt xalqaro savdo aylanmasini qo‘shimcha 40 foizga oshirishi mumkinligini ta’kidladi..
O‘zbekistonda sunn’iy intellekt yo‘nalishda bir qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda:
— Sun’iy intellekt xabini tashkil etish boshlangan;
— iqtisodiyot tarmoqlarida 200 dan ortiq AI loyihalari ustida ishlanmoqda;
— hududlarda data-markazlar, superkompyuterlar va sun’iy intellekt laboratoriyalarini ko‘paytirish rejalashtirilgan;
— “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari”ni tayyorlash dasturlari amalga oshirilmoqda.
Mirziyoyev OTB shafeligida rivojlanayotgan mamlakatlarda sun’iy intellekt ko‘lamini oshirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqishni taklif qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston bankning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qo‘shilishi ma’lum qilindi. Prezident Toshkentda ushbu tashabbusning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari surdi.
Davlat rahbari raqamli texnologiya va sun’iy intellekt rivojlanishi energiyaga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirayotganiga ham e’tibor qaratdi.
Uning ta’kidlashicha, 2030-yilga borib data-markazlarning elektr energiyasiga talabi hozirgidan 2-3 barobar oshadi. Shu sababli arzon, ishonchli va “yashil” energiya taklif qila oladigan davlatlar global bozorda raqobatbardosh bo‘ladi.
O‘zbekiston bu yo‘nalishda 5,6 ming megavattlik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirib, generatsiyada “yashil” energiya ulushini 30 foizga yetkazgan. 2030-yilga borib bu ko‘rsatkichni 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan.