SI yo‘l qoidabuzarligini avtomatik aniqlaydi: prezident takliflarni ma’qulladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s prezentatsiyey o provodimoy rabote po vnedreniyu II
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey o provodimoy rabote po vnedreniyu II - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, SI tibbiyotda diagnostika vaqtini qisqartiradi, maktabda o‘qituvchining ko‘makchisi bo‘ladi, yo‘l qoidabuzarligini avtomatik aniqlaydi va qishloq xo‘jalik ekinlarini monitoring qiladi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport va kosmos sohalarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzurida maxsus markaz tashkil etilgan. Sun’iy intellektni joriy etish uchun zarur hisoblash infratuzilmasi yaratilmoqda. Jumladan, AQShning “Nvidia” kompaniyasi bilan hamkorlikda superkompyuter klasteri ishga tushirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Tibbiyot yo‘nalishida 5 ta loyiha joriy etilmoqda. Xususan, insult va ko‘krak saratonini sun’iy intellekt yordamida aniqlash orqali diagnostika vaqti 80 foizga qisqarib, xavfli holatlar barvaqt aniqlanmoqda. Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida jigar, o‘pka, prostata bezi saratoni, infarkt va murakkab suyak sinishlarini aks ettiruvchi suratlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilish tizimlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Maktab ta’limi uchun sun’iy intellektga asoslangan platforma ishlab chiqish taklif etildi. Unda o‘qituvchining virtual yordamchisi integratsiya qilinib, ma’ruza matnlari, taqdimotlar, dars rejalari va testlar tayyorlash, imtihonlarni nazorat qilishda ko‘maklashadi.
Transport sohasida sun’iy intellekt yordamida yo‘l qoidabuzarliklarini avtomatik aniqlash, vagonlarning texnik holatini monitoring qilish orqali avariyalar xavfini kamaytirish bo‘yicha yechimlar taqdim etildi.
Shuningdek, “Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqish ishlarining borishi muhokama qilindi. Yerni masofaviy zondlashga mo‘ljallangan ushbu yo‘ldosh uchun sun’iy intellekt moduli yaratilib, undan havo sifati, qishloq xo‘jaligi ekinlari va o‘rmonlarni monitoring qilishda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Taqdimot yakunida prezident ko‘rib chiqqan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Interfeys sifrovogo iskusstvennogo intellekta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2025
Prezident tanlovi, 1 mlrd $ investitsiya: O‘zbekiston sun’iy intellektni yanada rivojlantiradi
Yangiliklar lentasi
0