Abdulla Aripov 6-7 may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi

© Press-slujba kabineta ministrov KR / Ergesh JusubaliyevPremyer-ministr respubliki Uzbekistan Abdulla Aripov
Premyer-ministr respubliki Uzbekistan Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2026
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida bosh vazir Xitoy — O‘zbekiston hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etadi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 6-7 may kunlari Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Xitoy TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xitoy TIV ma’lumotiga ko‘ra, tashrif Xitoy hukumati taklifiga binoan amalga oshiriladi.
Tashrif davomida Aripov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy burosi a’zosi, Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun bilan birgalikda Xitoy — O‘zbekiston hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasining sakkizinchi sessiyasiga hamraislik qiladi.
Rasmiy xabarda sessiya kun tartibi batafsil ochiqlanmagan. Shu bilan birga, avvalgi yig‘ilishlarda savdo hajmini oshirish, Xitoyga mahsulot yetkazib berish uchun qo‘shimcha imtiyozlar, sanoat kooperatsiyasi va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingan.
So‘nggi kunlarda ikki davlat energetika sohasidagi hamkorlikni ham muhokama qilgan. Xususan, uglevodorodlarni qazib olish, yerosti gaz omborlari qurish, magistral gaz quvurlarini modernizatsiya qilish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Premyer-ministr RF M. Mishustin provel zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2026
Rossiya—O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi: Aripov va Mishustinning asosiy bayonotlari
Yangiliklar lentasi
0