Rossiya—O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi: Aripov va Mishustinning asosiy bayonotlari

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF M. Mishustin provel zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv Rossii i Uzbekistana
Premyer-ministr RF M. Mishustin provel zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2026
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro savdoni oshirish, energetika va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, shuningdek transport va investitsiyadagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya yig‘ilishida tomonlar savdo, energetika, sanoat, transport va investitsiya sohalaridagi asosiy reja va ko‘rsatkichlarni ma’lum qildi.
Mishustin nimalarni aytdi
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning ta’kidlashicha, Rossiya O‘zbekiston tashqi savdosi hajmi bo‘yicha yetakchilar qatoriga kiradi.
Uning so‘zlariga ko‘ra:
o‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 12,5 foizga oshgan;
bu ko‘rsatkich hozir taxminan trillion rublga yaqinlashgan;
2030 yilgacha uni bir necha barobar oshirish vazifasi qo‘yilgan.
Mishustin energetikani kooperatsiyani kuchaytirishning asosiy sohalaridan biri deb atadi.
Uning aytishicha:
Jizzax viloyatida Rossiya loyihasi bo‘yicha integratsiyalashgan AES qurilishi boshlangan;
Rossiya nefti va tabiiy gazini yetkazib berishni davom ettirish va hajmni oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan;
Rossiyalik mutaxassislar ishtirokida O‘zbekistonda yangi quduqlarni burg‘ilash, qayta ishlash tizimi va gaz-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Rossiya bosh vaziri, shuningdek, investitsiya va sanoat kooperatsiyasiga ham to‘xtaldi.
U keltirgan raqamlarga ko‘ra:
O‘zbekistonda umumiy qiymati 4 trillion rubldan ortiq bo‘lgan 150 ga yaqin loyiha amalga oshirilmoqda;
respublikada Rossiya ishtirokidagi ikkita sanoat parki — “Chirchiq” va “Jizzax” faoliyat yuritmoqda;
ushbu parklar 3 mingga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
Mishustinning ta’kidlashicha, Rossiya kompaniya va banklarining texnik hamda moliyaviy ko‘magida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida uchinchi mis boyitish fabrikasi ishga tushirilgan, to‘rtinchisini qurishga tayyorgarlik ketmoqda.
Shuningdek, u O‘zbekistonda temir yo‘l texnikasini ishlab chiqarish klasteri — yo‘lovchi vagonlari, elektr va dizel lokomotivlari, shuningdek Toshkent metrosi uchun vagonlar yetkazib berish bo‘yicha ishlar davom etayotganini aytdi.
© Press-slujba pravitelstva RF Zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv Uzbekistana i Rossii
Zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv Uzbekistana i Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2026
Zasedanie Sovmestnoy komissii na urovne glav pravitelstv Uzbekistana i Rossii
Aripov nimalarni aytdi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra:
so‘nggi besh yilda ikki tomonlama tovar ayirboshlash ikki barobarga oshgan;
2025 yil yakuniga ko‘ra bu ko‘rsatkich 13 milliard dollardan oshgan;
joriy yilning dastlabki ikki oyida savdo hajmi yana 30 foizga o‘sgan.
Aripovning aytishicha, Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari tomonidan belgilangan vazifaga muvofiq, tomonlar 2030-yilgacha o‘zaro savdoni 30 milliard dollarga yetkazish uchun yetkazib berish nomenklaturasini, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar hisobiga kengaytirmoqda.
U keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra:
O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 3,2 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda;
qo‘shma loyihalar portfeli qariyb 44 milliard dollarni tashkil etadi;
2025 yilga kelib 5 milliard dollarga yaqin Rossiya investitsiyalari o‘zlashtirilgan.
Aripov ta’kidlashicha, bugungi kunda tog‘-kon metallurgiyasi, energetika, kimyo, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, elektrotexnika, raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohalarida kooperatsiya loyihalari faol amalga oshirilmoqda.
Energetika sohasida Aripov O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasi hamkorlikning yangi sahifasini ochganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bir vaqtning o‘zida kichik va yirik atom elektr stansiyalari joylashgan dunyodagi birinchi davlatga aylanadi.
Transport-logistika sohasiga to‘xtalar ekan, Aripov quyidagi raqamlarni keltirdi:
mamlakatlar o‘rtasida barcha transport turlarida yuk tashish hajmi sezilarli darajada oshgan;
muntazam aviaqatnovlar haftasiga 367 reysga yetgan;
bu O‘zbekistonning boshqa hech bir mamlakat bilan qayd etmagan ko‘rsatkichi ekani aytildi.
Shu bilan birga, u transport va logistika sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek yangi xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirish mahsulot sotish uchun yangi bozorlar ochishi mumkinligini bildirdi.
Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston-YeOII: Aripov hamkorlikning 5 ta yo‘nalishini belgiladi
Yangiliklar lentasi
0