AQShda ish: o‘zbekistonliklar qishloq xo‘jaligiga jalb etiladi

© Informatsionnoe agentstvo DunyoGrajdane Uzbekistana budut privlekatsya k sezonnim rabotam v selskoxozaystvennom sektore SShA
Grajdane Uzbekistana budut privlekatsya k sezonnim rabotam v selskoxozaystvennom sektore SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2026
Obuna bo‘lish
"Head Honchos LLC" o‘zbekistonliklarni H-2A dasturi doirasida AQSh qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarga jalb qilishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari AQSh qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarga jalb etiladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston elchisi Furqat Sidiqov AQShning "Head Honchos LLC" rekruting kompaniyasi direktori Todd Miller bilan muzokara o‘tkazdi. Uchrashuvda H-2A mavsumiy qishloq xo‘jaligi bandligi dasturi doirasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini AQSh agrar sektoriga jalb etish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Kompaniya nomzodlarni tanlash, tekshirish, hujjatlarni rasmiylashtirish va ishga joylashtirish jarayonlarini xalqaro standartlar asosida amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, fuqarolar uchun ingliz tili, mehnat qonunchiligi, mehnat madaniyati va qishloq xo‘jaligi ko‘nikmalari bo‘yicha qisqa muddatli tayyorlov dasturlari joriy etiladi.
Seremoniya otkritiya obnovlennogo ofisa Predstavitelstva v Rossii Agentstva migratsii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2026
Musayev Moskvada Rossiyadagi yirik ish beruvchilar bilan muzokara o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0