Musayev Moskvada Rossiyadagi yirik ish beruvchilar bilan muzokara o‘tkazdi

© Informatsionnoe agentstvo DunyoSeremoniya otkritiya obnovlennogo ofisa Predstavitelstva v Rossii Agentstva migratsii v Moskve
Seremoniya otkritiya obnovlennogo ofisa Predstavitelstva v Rossii Agentstva migratsii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2026
Obuna bo‘lish
Moskvada Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi yangilangan ofisi ochilishi doirasida Behzod Musayev yirik ish beruvchilar bilan ham muzokara o‘tkazdi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Moskvada O‘zbekiston Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev Rossiyadagi yirik ish beruvchilar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasining yangilangan ofisi ochilishi doirasida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi “Dunyo” axborot agentligi.
Tadbirda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, Rossiya bosh prokurori o‘rinbosari Pavel Gorodov, yuridik kompaniyalar vakillari ham ishtirok etdi.
Shuningdek, “Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Muhokamalarda Rossiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga malakali va o‘z vaqtida huquqiy yordam ko‘rsatish, yangi migratsiya siyosati bilan bog‘liq masalalar hamda fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Toshkentda rus tilidan imtihonni qanday topshirishi mumkin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2026
Patent uchun sertifikat: Toshkentda rus tilidan imtihonni qayerda topshirish mumkin?
Yangiliklar lentasi
0