Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston mahsulotlari Yevroosiyo "Halol" ittifoqida qo‘shimcha tekshiruvsiz sotilishi mumkin

© AP PhotoXalyal produksiya. Arxivnoe foto
Xalyal produksiya. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2026
Obuna bo‘lish
Yangi hujjat ishlab chiqaruvchilarga mahsulotni bir marta "halol" sertifikat olgach, uni ittifoqqa a’zo boshqa davlatlarda qo‘shimcha tekshiruvsiz sotish imkonini beradi.
TOShKENT, 11 fev — Sputnik. O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Mo‘g‘uliston mahsulotlarini islom meyorlariga mos "halol" sifatida o‘zaro tan olish imkonini beruvchi reglament yaqin oylarda ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Musulmonlari idorasi huzuridagi "Halol" standartlashtirish va sertifikatlashtirish xalqaro markazi bosh direktori Aydar Gazizov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, mazkur qaror ishlab chiqaruvchilar va biznes vakillarining iltimosiga ko‘ra qabul qilingan. Bu orqali qo‘shimcha sertifikatlash xarajatlari kamaytiriladi.

Masalan, O‘zbekistonda "halol" sertifikatini olgan eksportchi o‘z mahsulotini Rossiya yoki ittifoqqa a’zo boshqa davlatlarda qo‘shimcha tekshiruvsiz sotishi mumkin bo‘ladi. Xuddi shunday imkoniyat Rossiya ishlab chiqaruvchilariga ham tatbiq etiladi.

Gazizov bu haqda 10-fevral kuni Moskvada "Prodekspo-2026" ko‘rgazmasi doirasida o‘tgan XV Xalqaro "Halol" kongressida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Yevroosiyo "Halol" ittifoqiga yuqorida sanab o‘tilgan mamlakat musulmonlari diniy boshqarmalari huzuridagi "Halol" mahsulotlarini sertifikatlash organlari a’zo hisoblanadi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Telejka s produktami v magazine Magnit.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2025
O‘zbekistonda "Halol" xalqaro akkreditatsiyasiga ega sertifikatlashtirish organi tashkil etildi
Yangiliklar lentasi
0