https://oz.sputniknews.uz/20260310/putin-trump-muhokama-56194916.html
Putin va Tramp qariyb bir soat gaplashdi: Ukraina, Eron va Venesuela muhokama qilindi
Putin va Tramp qariyb bir soat gaplashdi: Ukraina, Eron va Venesuela muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Putin va Trampning qariyb bir soat davom etgan telefon suhbatida Ukraina, Eron atrofidagi vaziyat va Venesuela masalasi muhokama qilindi. Bu ikki liderning joriy yildagi ilk muloqoti bo‘ldi.
2026-03-10T10:41+0500
2026-03-10T10:41+0500
2026-03-10T11:08+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
aqsh – eron mojarosi
yuriy ushakov
dunyoda
vladimir putin
donald tramp
ukraina
eron
venesuela
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/0a/56193486_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_281c8148599afbcb98fcff783132183c.jpg
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lumotlariga tayanib RIA Novosti xabar berdi.Tramp tashabbusi bilan uyushtirilgan ushbu telefon muloqoti qariyb bir soat davom etdi. Bu ularning joriy yildagi ilk suhbati bo‘lib, shu tariqa ikki yetakchilar o‘rtasidagi muloqotlar umumiy soni 11 taga yetdi.Ushakovning asosiy bayonotlari:Trampning asosiy bayonotlari:
https://oz.sputniknews.uz/20260130/tramp-ukraina-putin-55369549.html
ukraina
eron
venesuela
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/0a/56193486_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_1cef69fd7597ac6d1bfc633f92e0ae8b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin, tramp, putin tramp suhbati, telefon muloqoti, ukraina, eron, venesuela, kreml, yuriy ushakov, rossiya aqsh munosabatlari
putin, tramp, putin tramp suhbati, telefon muloqoti, ukraina, eron, venesuela, kreml, yuriy ushakov, rossiya aqsh munosabatlari
Putin va Tramp qariyb bir soat gaplashdi: Ukraina, Eron va Venesuela muhokama qilindi
10:41 10.03.2026 (yangilandi: 11:08 10.03.2026) Kreml ma’lumotiga ko‘ra, ikki lider telefon orqali muloqotda Ukraina bo‘yicha muzokaralar, Yaqin Sharqdagi vaziyat va jahon neft bozoriga doir masalalarni ko‘rib chiqdi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lumotlariga tayanib RIA Novosti
xabar berdi.
Tramp tashabbusi bilan uyushtirilgan ushbu telefon muloqoti qariyb bir soat davom etdi. Bu ularning joriy yildagi ilk suhbati bo‘lib, shu tariqa ikki yetakchilar o‘rtasidagi muloqotlar umumiy soni 11 taga yetdi.
Ushakovning asosiy bayonotlari:
“E’tibor Eron atrofidagi vaziyatga va AQSh vakillari ishtirokida Ukraina bo‘yicha olib borilayotgan ikki tomonlama muzokaralarga qaratildi".
“Biz tomondan Donald Tramp va uning jamoasining Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha vositachilik sa’y-harakatlari ijobiy baholandi”.
“Hozirda Rossiya qo‘shinlari jangovar to‘qnashuv chizig‘ida muvaffaqiyatli harakatlanayotgani ta’kidlandi. Bu Kiyevni mojaroni muzokaralar orqali hal qilishga undaydigan omil sifatida baholandi”.
"Suhbat juda mazmunli bo‘ldi va, shubhasiz, ikki mamlakatning xalqaro siyosatning turli yo‘nalishlarida kelgusidagi ishlari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi".
“Prezidentlar Venesuela masalasiga ham to‘xtaldilar, jumladan, jahon neft bozoridagi vaziyat nuqtayi nazaridan”.
“Rossiya prezidenti Eron mojarosini tezroq siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan qator mulohazalarni bildirdi”.
Trampning asosiy bayonotlari:
“Biz Ukrainani muhokama qildik. Menimcha, bu masala bo‘yicha suhbat ijobiy ruhda o‘tdi”.
“Biz, albatta, Yaqin Sharq haqida ham gaplashdik, u (Putin - tahr.) yordam bermoqchi”.
“Eron raketalarga ega bo‘lgan harbiy jihatdan juda qudratli davlat”.
“Men AQSh qurollari va armiyasining ustunligiga ishonaman”.