Farg‘ona, Beshariq, O‘zbekiston tumanlari va Marg‘ilonga hokimlar tasdiqlandi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiV Ferganskoy oblasti utverjdeni xokimi chetirex rayonov
V Ferganskoy oblasti utverjdeni xokimi chetirex rayonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2026
Obuna bo‘lish
Tayinlovlar prezidentning viloyatga ikki kunlik tashrifidan keyin amalga oshirildi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Farg‘ona viloyatida qator hududlarda hokimlar tasdiqlandi, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xalq deputatlari Farg‘ona, Beshariq, O‘zbekiston tumanlari hamda Marg‘ilon shahar kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Sessiyalarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyalarda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, quyidagilar hokim etib tasdiqlandi:
Nodirjon Mashrapov — Farg‘ona tumani hokimi;
Ilos Novikov — Beshariq tumani hokimi;
Rasuljon Jo‘rayev — O‘zbekiston tumani hokimi;
Elbek Rustamov — Marg‘ilon shahar hokimi.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev 27–28 aprel kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgandi.
Qudratilla Tulyaganov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2026
Toshkentning Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi
Yangiliklar lentasi
0