Toshkentning Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Toshkent shahar hokimligi Qudratilla Tulyaganov
Qudratilla Tulyaganov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2026
Obuna bo‘lish
"Asakabank" boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Tulyaganov tuman hokimi bo‘ldi.
TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Qudratilla Tulyaganov Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tulyaganov 1982-yil 6-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2008-yil Toshkent moliya instituti hamda 2016-yil Bank-moliya akademiyasini bitirgan.
U 2023-yildan buyon tayinlovga qadar “Asakabank” boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tulyaganov mazkur lavozimda 2021-yildan buyon ishlab kelayotgan Azizxon Umarxonov o‘rnini egalladi. Umarxonov shu yilning yanvar oxirida Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.
Prezident podpisal ukaz - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2026
FVV va Milliy gvardiyaga yangi rahbarlar tayinlandi, IIVda ham katta o‘zgarishlar
Yangiliklar lentasi
0