Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

"Yevroosiyo"da DXSh: O‘zbekistonda pulli yo‘llar va aeroport, Rossiyada xususiy kosmos loyihasi

© press-slujba YeABRYevraziyskiy bank razvitiya
Yevraziyskiy bank razvitiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2026
Obuna bo‘lish
YeOTB dayjestida O‘zbekistonda pullik yo‘llar, Buxoro yangi aeroporti va DXSh loyihalarida fiskal xatarlarni kamaytirish masalalari qayd etildi.
TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) 2026-yilning mart-aprel oylari uchun davlat-xususiy sheriklik (DXSh) bo‘yicha dayjest taqdim etdi. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda shu davrda DXSh sohasiga oid qator yangiliklar qayd etilgan.
Xususan, O‘zbekiston Senati “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Hujjatda avtomobil yo‘llarini bepul va pullik turlarga ajratish, DXSh mexanizmlaridan foydalanish hamda yo‘l haqini avtomatlashtirilgan tarzda undirish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Buxoro yangi xalqaro aeroportini qurish va boshqarish bo‘yicha DXSh loyihasi doirasida tanlov jarayoni boshlangan. Yangi terminal xalqaro reyslarda soatiga 1200 yo‘lovchi, ichki reyslarda esa soatiga 400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Dayjestda Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekistondagi DXSh loyihalari bo‘yicha tavsiyalari ham keltirilgan. Unda fiskal xatarlarni kamaytirish, shartnomalarni standartlashtirish va budjet hujjatlarida xatarlar haqidagi ma’lumotlarni ochiqroq ko‘rsatish zarurligi qayd etilgan.
YeOTB ko‘ra:
Qozog‘istonda 2026-yil 1-aprel holatiga umumiy qiymati 2 774,7 milliard tenge (taxminan 6 mlrd dolllar) bo‘lgan 1 107 ta DXSh va konsessiya shartnomalari tuzilgan.
Rossiyada xususiy kosmos sohasidagi yirik DXSh loyihasi muhokama qilinmoqda, sog‘liqni saqlash sohasida esa DXSh to‘g‘risidagi qonunchilikka cheklovlar kiritildi.
Tojikistonda esa Sug‘d viloyatida tibbiyot, maktabgacha ta’lim va madaniy-ko‘ngilochar obyektlar bo‘yicha bitimlar imzolangan.
Qirg‘izistonda GES energiya bloki, asfalt-beton zavodi va beton qorishtirish zavodi bo‘yicha DXSh loyihalari amalga oshirilmoqda. Beton zavodi loyihasida Xitoyning “Chjenchjou Chuang Sheng” kompaniyasi g‘olib bo‘lgan.
Avtomobilnie dorogi Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2025
O‘zbekistondagi pulli yo‘llarda tezlik 150 km/soatgacha bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0