https://oz.sputniknews.uz/20251012/ozbekiston-pulli-yollar-tezlik-52640961.html
O‘zbekistondagi pulli yo‘llarda tezlik 150 km/soatgacha bo‘ladi
O‘zbekistondagi pulli yo‘llarda tezlik 150 km/soatgacha bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
“Pulli yo‘llarda yuqori tezlikda harakatlanishga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, hozir umumfoydalanishdagi yo‘llarda tezlik 90 km/soatgacha bo‘lsa, pulli yo‘lda 150 km soatgacha yurish mumkin bo‘ladi. Bu qonun asosida yo‘l harakati qoidalariga qo‘shimchalar kiritiladi”
2025-10-12T09:48+0500
2025-10-12T09:48+0500
2025-10-12T09:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yo‘llar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37171965_0:160:3071:1887_1920x0_80_0_0_9fdbfa3abad84d289fc7d46e7b660f88.jpg
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. O‘zbekistonda quriladigan pulli yo‘llarda tezlik 150 km/soatgacha bo‘ladi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huquqiy maslahatchisi Hasan Umarov ma’lum qildi.Umarovning so‘zlariga, pulli yo‘llar davlat sherikchiligi asosida barpo qilinadi. Ularda haydovchilar tezroq harakatlanishi uchun sharoit yaratiladi.Qo‘mita vakilining qo‘shimcha qilishicha, pulli yo‘llar servis jihatdan yuqori servis xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatini berish kerak."Pulli yo‘lni ikki tarafdan o‘ralgan bo‘ladi, servis xizmati yuqori darajada bo‘ladi, har 50−100 kilometrda, masalan, to‘xtash joylari, yoqilg‘i shoxobchalari, dam olish joylari bo‘ladi", — dedi Umarov.Eslatib o‘tamiz, Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.Xususan, umumiy Toshkent-Samarqand yo‘lining uzunligi 300 km, tasmalar soni 6 ta bo‘ladi. Ishlarni 2028-yil oxirigacha yakunlash, so‘ngra boshqaruvni DXSh asosida xususiy operatorga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250327/toshkent-andijon-yol-qurish-xorij-kompaniya-48589836.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/19/37171965_171:0:2900:2047_1920x0_80_0_0_ad89a41f772a392c0f92bccee435be54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston pulli yo‘llar tezlik
o‘zbekiston pulli yo‘llar tezlik
O‘zbekistondagi pulli yo‘llarda tezlik 150 km/soatgacha bo‘ladi
Ma’lum qilinishicha, bunday yo‘llar haydovchiga manziliga tezroq yetib borish imkonini beradi.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. O‘zbekistonda quriladigan pulli yo‘llarda tezlik 150 km/soatgacha bo‘ladi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huquqiy maslahatchisi Hasan Umarov ma’lum qildi.
Umarovning so‘zlariga, pulli yo‘llar davlat sherikchiligi asosida barpo qilinadi. Ularda haydovchilar tezroq harakatlanishi uchun sharoit yaratiladi.
“Pulli yo‘llarda yuqori tezlikda harakatlanishga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, hozir umumfoydalanishdagi yo‘llarda tezlik 90 km/soatgacha bo‘lsa, pulli yo‘lda 150 km soatgacha yurish mumkin bo‘ladi. Bu qonun asosida yo‘l harakati qoidalariga qo‘shimchalar kiritiladi”, - dedi u Qonunchilik palatasining "Parlament FM"
podkastida.
Qo‘mita vakilining qo‘shimcha qilishicha, pulli yo‘llar servis jihatdan yuqori servis xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatini berish kerak.
"Pulli yo‘lni ikki tarafdan o‘ralgan bo‘ladi, servis xizmati yuqori darajada bo‘ladi, har 50−100 kilometrda, masalan, to‘xtash joylari, yoqilg‘i shoxobchalari, dam olish joylari bo‘ladi", — dedi Umarov.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘llari qurilishi 2026-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.
Xususan, umumiy Toshkent-Samarqand yo‘lining uzunligi 300 km, tasmalar soni 6 ta bo‘ladi. Ishlarni 2028-yil oxirigacha yakunlash, so‘ngra boshqaruvni DXSh asosida xususiy operatorga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.