https://oz.sputniknews.uz/20260428/karimova-switzerland-sud-57184942.html
Advokat: Gulnora Karimova Shveysariya sudida to‘liq oqlanishiga erishmoqchimiz
Advokat: Gulnora Karimova Shveysariya sudida to‘liq oqlanishiga erishmoqchimiz
Sputnik O‘zbekiston
Shveysariya Federal jinoyat sudida Gulnora Karimova ishi sirtdan ko‘rib chiqilmoqda. U pul yuvish, korrupsiya va “Ofis” tuzilmasiga rahbarlik qilishda ayblanmoqda. Himoya tomoni ayblovlarni rad etgan.
2026-04-28T09:15+0500
2026-04-28T09:15+0500
2026-04-28T10:07+0500
sud
shveysariya
o‘zbekiston
korrupsiya
gulnora karimova ishi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/592/40/5924019_0:366:2059:1524_1920x0_80_0_0_fa8e9e3c72f13d1d0020b4136814c6d6.jpg
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Shveysariya Federal jinoyat sudida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga doir ish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.Ish Tichino kantonidagi Bellinsona shahrida sirtdan ko‘rib chiqilmoqda. Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manjaning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, u sud majlisida shaxsan ishtirok etishni xohlagan, biroq O‘zbekistondan chiqish uchun ruxsat olmagan.Shveysariya tomoni versiyasiga ko‘ra, “Ofis” tuzilmasi orqali xalqaro telekommunikatsiya kompaniyalaridan O‘zbekiston bozoriga kirish uchun pora olingan va bu mablag‘larning bir qismi Shveysariyadagi hisobraqamlar orqali o‘tkazilgan. "Swissinfo" nashrining yozishicha, ishda 30 taga yaqin bank hisobraqami, ko‘chmas mulk, kompaniyalar va bank seyflari haqida so‘z boradi.Advokat Greguar Manja Karimovaning Shveysariyadagi sud jarayonida qatnashish imkoniyati cheklanganini bildirgan. U, shuningdek, BMTning o‘zboshimchalik bilan hibsga olish bo‘yicha ishchi guruhi xulosasiga tayangan. Shu bilan birga, O‘zbekiston tomoni avvalroq Karimova ishi bo‘yicha sud qarorlari qonun va dalillar asosida chiqarilganini bildirgan edi.Manjaning fikricha, Karimovani himoya qilish jarayoni uning O‘zbekistonda jazo muddatini o‘tayotgani hamda Shveysariya prokuraturasi uni davlat amaldori sifatida kvalifikatsiya qilishga urinayotgani sabab murakkablashmoqda. Advokatlar uning to‘liq oqlanishiga erishish niyatida ekanini bildirgan.Gulnora Karimova O‘zbekistonda bir nechta jinoyat ishi bo‘yicha sudlangan. 2020-yilda uning qamoq jazosi 13-yil-u 4 oyga uzaytirilgan edi. U hozirda Toshkent viloyatidagi ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250710/karimova-sud-qarorlar-dalillar-ozbekiston-bmt-javob-50435051.html
shveysariya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/592/40/5924019_0:252:2059:1796_1920x0_80_0_0_e4f5e3bbd9da9203c558982247c8175c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sud, shveysariya, o‘zbekiston, korrupsiya, gulnora karimova ishi, jamiyat
sud, shveysariya, o‘zbekiston, korrupsiya, gulnora karimova ishi, jamiyat
Advokat: Gulnora Karimova Shveysariya sudida to‘liq oqlanishiga erishmoqchimiz
09:15 28.04.2026 (yangilandi: 10:07 28.04.2026) Advokat Greguar Manja Karimova Shveysariyadagi sudga borib, unda shaxsan qatnashmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Shveysariya Federal jinoyat sudida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaga doir ish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.
Ish Tichino kantonidagi Bellinsona shahrida sirtdan ko‘rib chiqilmoqda. Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manjaning RIA Novostiga
ma’lum qilishicha, u sud majlisida shaxsan ishtirok etishni xohlagan, biroq O‘zbekistondan chiqish uchun ruxsat olmagan.
Shveysariya prokuraturasi Karimovani pul yuvish, korrupsiya, mablag‘larni maqsadsiz ishlatish va “Ofis” nomi bilan tanilgan jinoiy tuzilmaga rahbarlik qilishda ayblamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ishda Jenevadagi "Lombard Odier" xususiy banki va uning sobiq xodimi ham figurant sifatida tilga olingan. Karimova va bank ayblovlarni rad etgan.
Shveysariya tomoni versiyasiga ko‘ra, “Ofis” tuzilmasi orqali xalqaro telekommunikatsiya kompaniyalaridan O‘zbekiston bozoriga kirish uchun pora olingan va bu mablag‘larning bir qismi Shveysariyadagi hisobraqamlar orqali o‘tkazilgan. "Swissinfo" nashrining yozishicha, ishda 30 taga yaqin bank hisobraqami, ko‘chmas mulk, kompaniyalar va bank seyflari haqida so‘z boradi.
Advokat Greguar Manja Karimovaning Shveysariyadagi sud jarayonida qatnashish imkoniyati cheklanganini bildirgan. U, shuningdek, BMTning o‘zboshimchalik bilan hibsga olish bo‘yicha ishchi guruhi xulosasiga tayangan. Shu bilan birga, O‘zbekiston tomoni avvalroq Karimova ishi bo‘yicha sud qarorlari qonun va dalillar asosida chiqarilganini bildirgan edi.
Manjaning fikricha, Karimovani himoya qilish jarayoni uning O‘zbekistonda jazo muddatini o‘tayotgani hamda Shveysariya prokuraturasi uni davlat amaldori sifatida kvalifikatsiya qilishga urinayotgani sabab murakkablashmoqda. Advokatlar uning to‘liq oqlanishiga erishish niyatida ekanini bildirgan.
AP xabariga ko‘ra, sud jarayoni 22-maygacha davom etishi belgilangan. "Reuters" esa "Lombard Odier" bayonotiga tayanib, tinglovlar may oyi oxirigacha davom etishi, qaror keyingi oylarda chiqishi mumkinligini yozdi.
Gulnora Karimova O‘zbekistonda bir nechta jinoyat ishi bo‘yicha sudlangan. 2020-yilda uning qamoq jazosi 13-yil-u 4 oyga uzaytirilgan edi. U hozirda Toshkent viloyatidagi ayollar koloniyasida jazo muddatini o‘tamoqda.