Xivada III “Lazgi” xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi

© Ministerstvo kulturi respubliki UzbekistanNazvani pobediteli Mejdunarodnogo festivalya tansa "Lyazgi". (Arxivnoe foto)
Nazvani pobediteli Mejdunarodnogo festivalya tansa Lyazgi. (Arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
Obuna bo‘lish
Xalqaro raqs festivalida 300 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bu yilgi III “Lazgi” xalqaro raqs festivalida dunyoning 30 ta dan ortiq davlatidan 300 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Bu haqda Xiva shahrida bo‘lib o‘tayotgan festival doirasida tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ta’kidlanishicha, festivalning asosiy maqsadi “Xorazm lazgi raqsi” san’atining asriy an’analarini saqlash va rivojlantirish, raqs san’ati orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, shuningdek, xalqaro ijodiy hamkorlik va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishdan iborat.
© telegram sputnikuzbekistanV III Mejdunarodnom tansevalnom festivale "Lazgi" v Xive primut uchastie bolee 300 predstaviteley primerno iz 30 stran
V III Mejdunarodnom tansevalnom festivale Lazgi v Xive primut uchastie bolee 300 predstaviteley primerno iz 30 stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
V III Mejdunarodnom tansevalnom festivale "Lazgi" v Xive primut uchastie bolee 300 predstaviteley primerno iz 30 stran

Xivadagi III “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida Xalqaro raqs tanlovi ham boshlandi. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar o‘z san’atini namoyish etmoqda.

Festival g‘oliblariga pul mukofotlari va boshqa sovrinlar topshiriladi.
Bu yilgi festival TURKSOY va YuNESKO bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. “Lazgi” xalqaro raqs festivali avval ham o‘tkazilgan bo‘lib, bu galgi tadbir uchinchi bor tashkil etilmoqda. U Xiva shahrini yana bir bor xalqaro madaniy muloqot maydoniga aylantirmoqda.
V Xive prigotovili 9 tonn plova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2025
“Arda Xiva”da rekord: xalqaro festivalda 9 tonna palov tayyorlandi
Yangiliklar lentasi
0