“Arda Xiva”da rekord: xalqaro festivalda 9 tonna palov tayyorlandi

© Komitet po turizmuV Xive prigotovili 9 tonn plova
V Xive prigotovili 9 tonn plova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2025
Obuna bo‘lish
Xiva shahrida o‘tkazilgan xalqaro gastronomik festival doirasida milliy taom — xorazmcha palov ulkan qozonda tayyorlanib, mamlakat miqyosida rekord qayd etildi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. 14 dekabr kuni zamonaviy “Arda Xiva” turistik majmuasida o‘tkazilgan “Xorazm palovi” xalqaro festivali doirasida ulkan qozonda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston miqyosida rekord hisoblangan 9 tonna xorazmcha palov tayyorlandi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, palov tayyorlash jarayoni ko‘plab mehmonlar va tomoshabinlarni bir joyga jamladi. Taom uchun 2,5 tonna go‘sht, 3 tonna sabzi, 2,5 tonna guruch hamda 750 litr paxta yog‘i ishlatildi.
Palov tayyor bo‘lgach, festival ishtirokchilari va mehmonlar uni tatib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.
© Komitet po turizmuV Xive prigotovili 9 tonn plova
V Xive prigotovili 9 tonn plova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2025
V Xive prigotovili 9 tonn plova
Festival O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan Oshpazlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ta’kidlanishicha, tadbir milliy oshxonaning xorazm an’analarini keng targ‘ib qilish, sayyohlar oqimini oshirish hamda gastronomik festivallar hududning turistik jozibadorligini kuchaytirishda muhim o‘rin tutishini yana bir bor namoyon etdi.
Turisti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2025
Turizm hajmi 4,4 mlrd dollarga yetdi — rossiyalik sayyohlar soni 1 millionga yaqinlashmoqda
Yangiliklar lentasi
0