Toshkentda sinxron suzish bo‘yicha “Suv parisi” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda

© Press-slujba NOKV Tashkente startoval mejdunarodniy turnir po sinxronnomu plavaniyu "Suv parisi"
V Tashkente startoval mejdunarodniy turnir po sinxronnomu plavaniyu Suv parisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
Obuna bo‘lish
Xalqaro turnirda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 180 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Toshkentda sinxron suzish bo‘yicha an’anaviy “Suv parisi” xalqaro turniri o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilayotgan musobaqaning ochilish marosimida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, World Aquatics burosi a’zosi Shahnoza Mirziyoyeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda Uzbekistan Aquatics federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov, sport vaziri Adham Ikramov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov ishtirok etdi.
© Press-slujba NOKV Tashkente startoval mejdunarodniy turnir po sinxronnomu plavaniyu "Suv parisi"
V Tashkente startoval mejdunarodniy turnir po sinxronnomu plavaniyu Suv parisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
V Tashkente startoval mejdunarodniy turnir po sinxronnomu plavaniyu "Suv parisi"
Bu yilgi bellashuvlarda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusdan 180 nafar sportchi turli yosh toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
26 aprel kuni musobaqada dastlabki g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Bellashuvlar bugun o‘z yakuniga yetadi.
Toshkentda World Aquatics mintaqaviy markazi ochiladi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2026
Toshkentda Butunjahon suzish federatsiyasining mintaqaviy markazi ochildi
Yangiliklar lentasi
0