Toshkentda Butunjahon suzish federatsiyasining mintaqaviy markazi ochildi

© MinSporta UzbekistanaToshkentda World Aquatics mintaqaviy markazi ochiladi
Toshkentda World Aquatics mintaqaviy markazi ochiladi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2026
Obuna bo‘lish
2026 yil kuzda Toshkentda suzish bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Toshkentda Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) Ijroiya qo‘mitasi Burosining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu munosabat bilan O‘zbekistonga World Aquatics prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi Bosh direktori Husayn Al Musalam boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurgan.
Yig‘ilishda Buro a’zosi Shahnoza Mirziyoyeva so‘zga chiqib, O‘zbekistonda suv sporti jadal rivojlanayotganini, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va 2026-yilning oktabr oyida Toshkentda suzish bo‘yicha Jahon kubogi bosqichlaridan biri bo‘lib o‘tishi bilan bog‘liq masalalar haqida so‘z yuritdi.
© MinSporta UzbekistanaToshkentda World Aquatics mintaqaviy markazi ochiladi
Toshkentda World Aquatics mintaqaviy markazi ochiladi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2026
Toshkentda World Aquatics mintaqaviy markazi ochiladi
Mehmonlar Olimpiya shaharchasidagi suv sporti turlariga mo‘ljallangan inshootlar bilan tanishtirilib, unda mashg‘ulot o‘tayotgan sportchilar bilan ham yaqindan suhbat o‘tkazildi.
Olimpiya shaharchasida foydalanishga topshirilgan yangi suv sporti inshootida bir vaqtning o‘zida sportning suvga sakrash, suzish turlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni belgilangan talablar asosida uzluksiz tashkil etish imkoniyati mavjud.
Tadbir davomida, suv sporti inshootida World Aquaticsning mintaqaviy markazi ochilish marosimi ham o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda faxriy mexmon sifatida AQSh Prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashid ham ishtirok etdi.
Olimpiya shaharchasi sport majmuasi mehmonlarda yuqori taasurot qoldirib, kelgusida nufuzli musobaqalarni shu yerda tashkil etish takliflari ham ko‘rib chiqildi.
© MinSporta UzbekistanaToshkentda World Aquatics mintaqaviy markazi ochiladi
Toshkentda World Aquatics mintaqaviy markazi ochiladi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2026
Toshkentda World Aquatics mintaqaviy markazi ochiladi
Ma’lumot uchun: Butunjahon suzish federatsiyasi 1908-yilda Buyuk Britaniyada tashkil etilgan. Tashkilot global miqyosda suzish, suvga sakrash, suv polosi kabi suv sport turlarini tartibga soladi va targ‘ib qiladi.
Yangiliklar lentasi
0