Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Bradley" va M-113 hiylasi: Rossiya harbiylari Grishino operatsiyasi tafsilotlarini aytdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishTrenirovka shturmovikov gruppirovki voysk "Yujnaya" v zone SVO
Trenirovka shturmovikov gruppirovki voysk Yujnaya v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari Grishinoni egallashda "Bradley" va M-113 texnikasi yordamida Ukraina kuchlarini chalg‘itganini aytib, operatsiya tafsilotlarini ochiqladi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. “Markaz” qo‘shinlari guruhiga qarashli 35-alohida gvardiya motoo‘qchi brigadasi harbiylari DXRdagi Grishino aholi punktini avvalroq o‘lja sifatida qo‘lga kiritilgan "Bradley" piyoda jangovar mashinasi va M-113 bronetransportori yordamida egallagan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik jangchilarning Grishino aholi punktini 21-aprel kuni egallash operatsiyasi tafsilotlari haqidagi hikoyalari aks etgan videoni e’lon qildi.

“Biz Ukraina Qurolli kuchlari texnikasidan dushmanni chalg‘itish uchun foydalandik, chunki u bu Rossiya armiyasi emas, balki ularning qaytayotgan texnikasi deb o‘yladi. Grishinoga Amerikaning "Bradley" piyoda jangovar mashinasi va M-113 bronetransportorida yetib kelgan desant darhol tushirilib, Grishino qishlog‘iga hujum qildi va zudlik bilan ikkita uyni egallab oldi”, — dedi vzvod komandiri Anton Raskovalov.

Hujumda ishtirok etgan harbiylar operatsiya uchun qulay ob-havo va dushman e’tibori chalg‘igan payt tanlanganini aytdi.

“Ukraina Qurolli kuchlarining vaqtinchalik joylashgan punktlariga kirish uchun qulay ob-havo, masalan, tuman yoki yomg‘irni tanlab, bir butadan ikkinchisiga o‘tdik. Har doim dushman qushchalar (tahrir - dronlar) yoki batareyalarni almashtirish bilan band bo‘lgan paytni tanlagan va unga eng kutilmagan paytda zarba bergan. Ko‘pincha "uyma-uy" qoidasi bo‘yicha harakat qilishgan - yerto‘lalarga o‘rnashib, dronlardan foydalanishgan”, — dedi harbiy xizmatchi Andrey Sigankov.

Mudofaa vazirligiga ko‘ra, jangchilarning asosiy vazifasi Ukraina Qurolli kuchlari texnikasi va jonli kuchini kuzatish hamda ularning koordinatalarini aniqlash bo‘lgan.
“Bizning asosiy vazifamiz dushmanni kuzatish, Ukraina Qurolli Kuchlari texnikasining harakatini, ularning yig‘ilishi va yo‘nalishlarini kuzatish edi. Biz payqagan texnika koordinatalarini ularni yo‘q qilish uchun komandirlarga zudlik bilan yetkazib turdik”, — dedi granatomotchi Aleksey Murichev.
Motoo‘qchi rota komandiri Vladimir Golubesning so‘zlariga ko‘ra, aholi punktiga hujum qilish niqoblangan tayanch punktlari va uylar orasidagi yer osti yo‘llari sabab qiyin kechgan.
“Dushman tank xandaqlari va niqoblangan tayanch punktlari bo‘lgan o‘rmonzorlarni tayyorladi, u yerdan Ukrainaning turli xil uchuvchisiz uchish apparatlari, masalan, FPV yoki Baba-Yaga qo‘llanildi. Bizning razvedkamiz bu pozitsiyalarni aniqladi va tez orada "tozaladi." Shuni ta’kidlash joizki, Grishinodan oldin uzunligi taxminan 100 metr bo‘lgan yer osti tayanch punkti egallangan va u yerda Ukraina Qurolli kuchlarining ikki nafar harbiy xizmatchisi asirga olingan. Mustahkamlangan bir qavatli uylarga ham hujum qilib, dushman harakatlanishi uchun foydalangan yer osti yo‘llarini yo‘q qilishdi”, — dedi u.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, turli taktikalarni qo‘llash, dushman ortida pozitsiyalarni yashirincha ushlab turish va qayta tiklangan o‘lja texnikalaridan foydalanish 35-brigada bo‘linmalariga Grishinoni egallash hamda Donbassda oldinga siljish imkonini bergan.
Spetsialnaya voyennaya operatsiya (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Muhim hujjat va asirlar: Rossiya Mudofaa vazirligi razvedka operatsiyasi haqida ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0