Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Muhim hujjat va asirlar: Rossiya Mudofaa vazirligi razvedka operatsiyasi haqida ma’lum qildi

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishSpetsialnaya voyennaya operatsiya (arxivnoe foto)
Spetsialnaya voyennaya operatsiya (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, razvedkachilar qo‘lga kiritgan hujjatlar va asirlar ko‘rsatmalari keyinchalik dushman pozitsiyalarini aniqlashga yordam bergan
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi aholi punkti nazoratga olinishiga yordam bergan razvedka operatsiyasi tafsilotlarini ochiqladi.
Vazirlik ma’lum qilishicha, gvardiya leytenanti Dmitriy Birukov boshchiligidagi razvedka guruhi jangovar topshiriqni bajarish chog‘ida Ukraina Qurolli kuchlarining vaqtinchalik joylashish punktini aniqlagan.
Ushbu hudud yaqinida jangarilar hujjatlar solingan qutilarni yengil avtomobilga ortib ketayotgan bo‘lgan. Vaziyatni baholagandan so‘ng, razvedka guruhi asirlarni hujjatlari bilan birga qo‘lga olib, ularning avtomobilida hududni tark etishga qaror qilgan.

Razvedkachilar tutun shashkalari panasida turli yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanib, o‘q uzmasdan ukrain harbiylarini qo‘lga olgan. Shundan keyin ular bog‘lanib, shu avtomobilga ortilgan va guruh dushman ortidan chiqib ketgan.

Qo‘lga kiritilgan muhim hujjatlar va uch nafar asir qo‘shinlar ixtiyoriga topshirilgan. Keyinchalik ushbu hujjatlar hamda asirlarning ko‘rsatmalari o‘rganilgandan so‘ng, Ukraina Qurolli kuchlari tuzilmalarining joylashuvi aniqlangan.
Vazirlik ta’kidlashicha, olingan ma’lumotlar asosida dushman pozitsiyalariga raketa zarbalari berilib, xarbiy texnika va shaxsiy tarkib yo‘q qilingan. Bu esa aholi punktlaridan birini nazoratga olishga xizmat qilgan.
Rabota svazistov 25-y armii na Krasnolimanskom napravlenii SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Peschanoyeni nazoratga oldi — operatsiya tafsilotlari ochiqlandi
Yangiliklar lentasi
0