https://oz.sputniknews.uz/20260315/belgium-russia-kelishuv-europe-ukraine-jang-undash-56294881.html
OAV: Belgiya Rossiya bilan kelishuvga chaqirmoqda, Yevropa Ukrainani yana 2-yil jangga undamoqda
OAV: Belgiya Rossiya bilan kelishuvga chaqirmoqda, Yevropa Ukrainani yana 2-yil jangga undamoqda
Sputnik O‘zbekiston
Belgiya bosh vaziri Rossiya bilan kelishuvni eng real yechim deb atadi. Shu fonda OAV Yevropa Ukrainani yana bir yarim-ikki yil jangni davom ettirishga undayotganini yozmoqda. Tramp esa Zelenskiyni tanqid qildi.
2026-03-15T13:55+0500
2026-03-15T13:55+0500
2026-03-16T11:23+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
donald tramp
vladimir zelenskiy
ukraina
yevropa ittifoqi
rossiya
belgiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/0f/56294716_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_8681d42a5634e7ca731417561d3cfa6e.png
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Belgiya bosh vaziri Bart de Vever Yevropa Ittifoqini Rossiya bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilishga chaqirdi va Moskva bilan kelishuvni hozircha eng real yechim deb atadi.U “Echo” gazetasiga bergan intervyusida Yevropa AQSh ishtirokisiz Ukrainani cheklanmagan muddat qo‘llab-quvvatlashga, Kiyevga qurol yetkazib berish orqali Rossiyaga bosim o‘tkazishga yoki Moskvani iqtisodiy jihatdan yakkalab qo‘yishga qodir emasligini ta’kidladi. Shu bois, uning fikricha, yagona yo‘l — kelishuvga erishish.De Vever, shuningdek, Yevropa muzokaralar stolida mandatsiz qolib ketayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatda AQSh va Rossiya o‘rtasidagi ehtimoliy kelishuv Yevropa uchun noqulay bo‘lishi mumkin.Shu bilan birga, “Ukrainskaya pravda” nashri Vladimir Zelenskiyning “Xalq xizmatkori” partiyasidagi manbasiga tayanib, Yevropa Kiyevni urushni yana bir necha yil davom ettirishga undayotganini yozdi.AQSh prezidenti Donald Tramp esa Vladimir Zelenskiyning Ukraina bo‘yicha bitim tuzishga shoshilmayotganidan hayratlanganini bildirdi. NBC telekanaliga bergan intervyusida u Zelenskiy bilan kelishish Vladimir Putinga qaraganda qiyinroq ekanini aytdi.Tramp, shuningdek, Eronga qarshi operatsiya fonida Zelenskiy taklif etgan yordamga ehtiyoj yo‘qligini bildirdi. Uning aytishicha, Vashington yordam so‘raydigan so‘nggi odam — bu Zelenskiy.Avvalroq Zelenskiy AQShdan Yaqin Sharqda dronlarga qarshi kurash bo‘yicha so‘rov olganini, shuningdek, zarur mablag‘ ajratish va buning uchun Ukraina harbiylarining mintaqada bo‘lishini ta’minlash yuzasidan topshiriq berganini aytgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20260218/russia-ukraine-muzokaralar-bayonot-55796700.html
ukraina
belgiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/0f/56294716_96:0:672:432_1920x0_80_0_0_d52ae672b644aa83b0e5a048db62a2c9.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
belgiya rossiya kelishuv, yevropa ukraina urush, ukraina yana 2-yil jang, bart de vever, tramp zelenskiy, rossiya ukraina muzokara, yevropa kiyev, ukraina saylovlari, nbc intervyu, ukrainskaya pravda
belgiya rossiya kelishuv, yevropa ukraina urush, ukraina yana 2-yil jang, bart de vever, tramp zelenskiy, rossiya ukraina muzokara, yevropa kiyev, ukraina saylovlari, nbc intervyu, ukrainskaya pravda
OAV: Belgiya Rossiya bilan kelishuvga chaqirmoqda, Yevropa Ukrainani yana 2-yil jangga undamoqda
13:55 15.03.2026 (yangilandi: 11:23 16.03.2026) Belgiya bosh vaziri Rossiya bilan bitimni eng real yechim deb atadi. OAV Yevropa Ukrainani urushni davom ettirishga undayotganini yozmoqda, Tramp esa Zelenskiyni kelishuvga tayyor emaslikda tanqid qildi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Belgiya bosh vaziri Bart de Vever Yevropa Ittifoqini Rossiya bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilishga chaqirdi va Moskva bilan kelishuvni hozircha eng real yechim
deb atadi.
U “Echo” gazetasiga bergan intervyusida Yevropa AQSh ishtirokisiz Ukrainani cheklanmagan muddat qo‘llab-quvvatlashga, Kiyevga qurol yetkazib berish orqali Rossiyaga bosim o‘tkazishga yoki Moskvani iqtisodiy jihatdan yakkalab qo‘yishga qodir emasligini ta’kidladi. Shu bois, uning fikricha, yagona yo‘l — kelishuvga erishish.
De Vever, shuningdek, Yevropa muzokaralar stolida mandatsiz qolib ketayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatda AQSh va Rossiya o‘rtasidagi ehtimoliy kelishuv Yevropa uchun noqulay bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, “Ukrainskaya pravda” nashri Vladimir Zelenskiyning “Xalq xizmatkori” partiyasidagi manbasiga tayanib, Yevropa Kiyevni urushni yana bir necha yil davom ettirishga undayotganini yozdi.
“Yevropaliklar: "Yana bir yarim-ikki yil jang qilib turinglar. Biz sizga pul beramiz", dedi. Ularning ta’siri ostida Zelenskiy siyosiy rahbariyatga Ukrainada yana bir necha yil saylov o‘tkazilmasligi va bunday vaziyatda Rada qanday ishlashi bo‘yicha ssenariy ishlab chiqish vazifasini topshirdi”, — deya manba so‘zlarini keltiradi nashr.
AQSh prezidenti Donald Tramp esa Vladimir Zelenskiyning Ukraina bo‘yicha bitim tuzishga shoshilmayotganidan hayratlanganini bildirdi. NBC telekanaliga bergan intervyusida u Zelenskiy bilan kelishish Vladimir Putinga qaraganda qiyinroq ekanini aytdi.
Tramp, shuningdek, Eronga qarshi operatsiya fonida Zelenskiy taklif etgan yordamga ehtiyoj yo‘qligini bildirdi. Uning aytishicha, Vashington yordam so‘raydigan so‘nggi odam — bu Zelenskiy.
Avvalroq Zelenskiy AQShdan Yaqin Sharqda dronlarga qarshi kurash bo‘yicha so‘rov olganini, shuningdek, zarur mablag‘ ajratish va buning uchun Ukraina harbiylarining mintaqada bo‘lishini ta’minlash yuzasidan topshiriq berganini aytgan edi.