https://oz.sputniknews.uz/20260423/mirziyoev-orol-yutuqlar-muammolar-tashabbuslar-57090797.html
Mirziyoyev OQXJ yig‘ilishida Orol bo‘yicha yutuqlar, muammolar va tashabbuslarni aytdi
Mirziyoyev OQXJ yig‘ilishida Orol bo‘yicha yutuqlar, muammolar va tashabbuslarni aytdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev OQXJ yig‘ilishida Orol havzasidagi suv taqchilligi, erishilgan natijalar, mavjud muammolar va kelgusi yillar uchun mintaqaviy tashabbuslarni sanab o‘tdi.
2026-04-23T09:25+0500
2026-04-23T09:25+0500
2026-04-23T09:31+0500
orol dengizi
shavkat mirziyoyev
ekologiya
iqlim o‘zgarishi
amudaryo
sirdaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/17/57090625_0:266:2560:1706_1920x0_80_0_0_83a12c222177a42f0cb689800558915e.jpg
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tgan tadbirda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va OQXJning Ijroiya qo‘mitasi raisi Asxat Orazbay ham qatnashdi.Prezident o‘z nutqida asosiy yutuqlar va muammolarni sanab o‘tdi, jumladan:— 2040-yilga borib Orol dengizi havzasida suv resurslari taqchilligi deyarli ikki barobar oshib, yiliga 20 milliard kub metrgacha yetishi mumkin;— mintaqa mamlakatlarida qishloq xo‘jaligida 1 dollar qo‘shilgan qiymat yaratish uchun deyarli 3 kub metr suv sarflanayotgani, bu esa jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan taxminan ikki barobar yuqori;— O‘zbekistonda qisqa muddatda sug‘oriladigan yerlarning 60 foizida suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilgani, irrigatsiya tarmoqlarini betonlash darajasi 40 foizga yetgan;— nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish hisobiga suv xo‘jaligida energiya iste’moli qariyb 30 foizga qisqartirilgan;— 600 mingdan ortiq suvdan foydalanuvchi va 4 million gektardan ziyod sug‘oriladigan yerlarni qamrab oladigan yagona raqamli ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda;— amalga oshirilayotgan loyihalar tufayli har yili 10 milliard kub metrdan ortiq suv tejalayotgani, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkichni 15 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilmoqda;— O‘zbekiston kelgusi yildan boshlanadigan OQXJga raisligi davrida jamg‘armani mintaqaviy integratsiyaning muhim drayverlaridan biriga aylantirishni maqsad qilgan;Bundan tashqari, Qirg‘izistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyatidagi to‘laqonli ishtiroki qayta tiklanishiga umid bildirildi;Prezident, shuningdek, quyidagi takliflarni ilgari surdi:— OQXJ kun tartibini Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari qarorlari bilan uyg‘unlashtirish;— Orol dengizi havzasi bo‘yicha to‘rtinchi dastur ijrosi monitoringiga samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini kiritish;— BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi mandati va geografik qamrovini butun Orol dengizi havzasiga kengaytirish;— OQXJning suv-energetika, muzliklar va tog‘ ekotizimlarini saqlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy platformalar bilan amaliy hamkorligini kuchaytirish ;— Toshkentdagi Yashil universitet qoshidagi Cho‘llanishga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda maqsadli loyihalarni amalga oshirish;— suvga ehtiyotkor munosabatni jamiyatning umumiy madaniy kodiga aylantirish, buni maktabgacha ta’limdan tortib mutaxassis tayyorlashgacha bo‘lgan tizim orqali shakllantirish;— fermerlar va sanoatchilarni suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga amaliy o‘rgatadigan “Kelajak suvi” mintaqaviy dasturini ishga tushirish;— Afg‘oniston bilan konstruktiv hamkorlikni mustahkamlash va uni iqlim, ekologiya, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikka jalb etish;— istiqbolda Orol havzasidagi barcha mamlakatlar, jumladan Afg‘onistonning huquq va majburiyatlarini hisobga olgan holda, suv resurslarini taqsimlash bo‘yicha mintaqaviy shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish ;— 2026-2036 yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilish;— mintaqa mamlakatlarida Suv haftaliklarini muntazam o‘tkazish;Qo‘shni davlatlar rahbarlari shu yil sentabrda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumida ishtirok etishga chaqirildi.Yig‘ilish yakunida yetakchilar Ostona bayonotini, Qozog‘iston raisligining borishi to‘g‘risidagi qarorni, 26-martni Xalqaro Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo kuni deb e’lon qilish hamda O‘zbekiston yetakchisini 2027-2029 yillarda jamg‘arma prezidenti etib saylash to‘g‘risidagi qarorlarni imzoladilar.
https://oz.sputniknews.uz/20260422/eko-sammit-mirziyoev-tashabbuslar-57076310.html
amudaryo
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/17/57090625_190:0:2465:1706_1920x0_80_0_0_42f56669431659af1ebdc17ce7098328.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
orol dengizi, shavkat mirziyoyev, ekologiya , iqlim o‘zgarishi, amudaryo, sirdaryo
orol dengizi, shavkat mirziyoyev, ekologiya , iqlim o‘zgarishi, amudaryo, sirdaryo
Mirziyoyev OQXJ yig‘ilishida Orol bo‘yicha yutuqlar, muammolar va tashabbuslarni aytdi
09:25 23.04.2026 (yangilandi: 09:31 23.04.2026) Yig‘ilishda suv taqchilligi prognozi, suvni tejash bo‘yicha erishilgan natijalar, jamg‘arma islohoti va yangi mintaqaviy tashabbuslar asosiy mavzulardan bo‘ldi
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligida o‘tgan tadbirda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va OQXJning Ijroiya qo‘mitasi raisi Asxat Orazbay ham qatnashdi.
Prezident o‘z nutqida asosiy yutuqlar va muammolarni sanab o‘tdi, jumladan:
— 2040-yilga borib Orol dengizi havzasida suv resurslari taqchilligi deyarli ikki barobar oshib, yiliga 20 milliard kub metrgacha yetishi mumkin;
— mintaqa mamlakatlarida qishloq xo‘jaligida 1 dollar qo‘shilgan qiymat yaratish uchun deyarli 3 kub metr suv sarflanayotgani, bu esa jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan taxminan ikki barobar yuqori;
— O‘zbekistonda qisqa muddatda sug‘oriladigan yerlarning 60 foizida suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etilgani, irrigatsiya tarmoqlarini betonlash darajasi 40 foizga yetgan;
— nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish hisobiga suv xo‘jaligida energiya iste’moli qariyb 30 foizga qisqartirilgan;
— 600 mingdan ortiq suvdan foydalanuvchi va 4 million gektardan ziyod sug‘oriladigan yerlarni qamrab oladigan yagona raqamli ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda;
— amalga oshirilayotgan loyihalar tufayli har yili 10 milliard kub metrdan ortiq suv tejalayotgani, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkichni 15 milliard kub metrga yetkazish rejalashtirilmoqda;
— O‘zbekiston kelgusi yildan boshlanadigan OQXJga raisligi davrida jamg‘armani mintaqaviy integratsiyaning muhim drayverlaridan biriga aylantirishni maqsad qilgan;
Bundan tashqari, Qirg‘izistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi faoliyatidagi to‘laqonli ishtiroki qayta tiklanishiga umid bildirildi;
Prezident, shuningdek, quyidagi takliflarni ilgari surdi:
— OQXJ kun tartibini Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari qarorlari bilan uyg‘unlashtirish;
— Orol dengizi havzasi bo‘yicha to‘rtinchi dastur ijrosi monitoringiga samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini kiritish;
— BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast fondi mandati va geografik qamrovini butun Orol dengizi havzasiga kengaytirish;
— OQXJning suv-energetika, muzliklar va tog‘ ekotizimlarini saqlash, iqlim o‘zgarishiga moslashish va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy platformalar bilan amaliy hamkorligini kuchaytirish ;
— Toshkentdagi Yashil universitet qoshidagi Cho‘llanishga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda maqsadli loyihalarni amalga oshirish;
— suvga ehtiyotkor munosabatni jamiyatning umumiy madaniy kodiga aylantirish, buni maktabgacha ta’limdan tortib mutaxassis tayyorlashgacha bo‘lgan tizim orqali shakllantirish;
— fermerlar va sanoatchilarni suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga amaliy o‘rgatadigan “Kelajak suvi” mintaqaviy dasturini ishga tushirish;
— Afg‘oniston bilan konstruktiv hamkorlikni mustahkamlash va uni iqlim, ekologiya, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikka jalb etish;
— istiqbolda Orol havzasidagi barcha mamlakatlar, jumladan Afg‘onistonning huquq va majburiyatlarini hisobga olgan holda, suv resurslarini taqsimlash bo‘yicha mintaqaviy shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish ;
— 2026-2036 yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilish;
— mintaqa mamlakatlarida Suv haftaliklarini muntazam o‘tkazish;
Qo‘shni davlatlar rahbarlari shu yil sentabrda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumida ishtirok etishga chaqirildi.
Yig‘ilish yakunida yetakchilar Ostona bayonotini, Qozog‘iston raisligining borishi to‘g‘risidagi qarorni, 26-martni Xalqaro Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryo kuni deb e’lon qilish hamda O‘zbekiston yetakchisini 2027-2029 yillarda jamg‘arma prezidenti etib saylash to‘g‘risidagi qarorlarni imzoladilar.