Ostonadagi eko-sammitda Mirziyoyev bir qator mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surdi
14:36 22.04.2026 (yangilandi: 14:39 22.04.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ekologik sammitda Markaziy Osiyo uchun toza havo konsorsiumi, yashil savdo yo‘lagi va iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfelini yaratish tashabbusini ilgari surdi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni Ostonada o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammitning ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari o‘z nutqida:
Markaziy Osiyoda ekologik diplomatiya kuchayayotganini ta’kidladi.
Prezident bu uchrashuv Samarqand iqlim forumida boshlangan muloqotning mantiqiy davomi ekanini qayd etdi;
Prezident bu uchrashuv Samarqand iqlim forumida boshlangan muloqotning mantiqiy davomi ekanini qayd etdi;
Markaziy Osiyoda harorat global o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar tezroq ko‘tarilmoqda, muzliklarning qariyb uchdan biri yo‘qolgan, suv tanqisligi kuchaymoqda;
“Yashil makon” doirasida qariyb 1 milliard tup daraxt va buta ekilgani, Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektardan ortiq o‘rmonzor barpo etilgani aytildi;
Suvni tejash choralari orqali yiliga 10 milliard kub metr suv iqtisod qilinmoqda, “yashil” energetika ulushi esa 30 foizga yetgani qayd etildi;
Joriy yilda chiqindilarni yoqish bo‘yicha 2 ta yangi zavod ishga tushirilishi, yana 9 tasi keyingi ikki yilda faoliyat boshlashi bildirildi.
Shuningdek, prezident bir qator mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surdi, jumladan:
— “Markaziy Osiyoning toza havosi” davlatlararo konsorsiumini tuzish;
— Toshkentdagi Cho‘llanishga qarshi kurashish markaziga mintaqaviy maqom berish;
— “Markaziy Osiyo yashil savdo yo‘lagi”ni shakllantirish;
— iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfelini yaratish;
— Markaziy Osiyo atrof-muhiti o‘zgarishlarining yagona mintaqaviy atlasini tayyorlash;
— “Markaziy Osiyo Qizil kitobi”ni ishlab chiqish.

Davlat rahbari 2027-yilda O‘zbekistonda Butunjahon yoshlar iqlim forumini o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi.
Nutq yakunida u ishtirokchilarni Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Global ekologik fondning sakkizinchi assambleyasi va Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumiga taklif etdi.