2025 yilda O‘zbekiston o‘quvchilari xalqaro olimpiadalarda 210ta medalni qo‘lga kiritdi

© Ministerstvo doshkolnogo i shkolnogo obrazovaniyaV 2025 godu shkolniki Uzbekistana zavoyevali 210 medaley na mejdunarodnix olimpiadax
V 2025 godu shkolniki Uzbekistana zavoyevali 210 medaley na mejdunarodnix olimpiadax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2026
Obuna bo‘lish
Turli yo‘nalishlardagi 29 ta xalqaro olimpiadada 200 dan ortiq, jumladan, 40 ta oltin medal qo‘lga kiritildi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. 2025 yilda O‘zbekiston o‘quvchilari 29 ta xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etib, jami 210 ta medal (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘quvchilar quyidagi yutuqlarga erishgan:
O‘quvchi qizlar ilk bor Yevropa qizlar matematika olimpiadasida ishtirok etib, 3 ta medal (1 ta kumush, 2 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasida — 50 ta medal (7 ta oltin, 13 ta kumush, 30 ta bronza).
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi 19 ta medal (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) bilan yakka peshqadam sifatida tan olindi.
Shuningdek, joriy yilda o‘quvchilar eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 13 ta medal (2 ta oltin, 7 ta kumush, 4 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi, jumladan:
Birlashgan Arab Amirliklarida 96 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, 2 ta kumush;
Avstraliyada 105 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida — 4 ta kumush, 1 ta bronza;
Boliviyada 90 dan ortiq davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza;
Parij shahrida 96 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida — 2 ta bronza.
Bundan tashqari, xalqaro fan olimpiadalarida yana 13 ta medal (10 ta kumush, 3 ta bronza) qo‘lga kiritildi. Xususan:
Iordaniyada 62 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro ingliz tili olimpiadasida — 9 ta kumush (5 ta kubok);
Tailandda 50 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro geografiya olimpiadasida — 2 ta bronza;
Boku shahrida 42 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza.
Shuningdek, o‘quvchilar 14 ta mintaqaviy olimpiadada ishtirok etib, jami 138 ta medal (27 ta oltin, 41 ta kumush, 70 ta bronza)ni qo‘lga kiritgan.
Nagrajdenie uchashixsya i ix uchiteley, pobedivshix na prestijnix olimpiadax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2025
Nufuzli fan olimpiadalari g‘oliblari taqdirlandi: bu maqsadga 12,4 mlrd so‘m ajratilgan
Yangiliklar lentasi
0