https://oz.sputniknews.uz/20260422/uzbekistan-eaeu-sanoat-raqam-portal-57048446.html
O‘zbekiston YeOIIning yangi Sanoat raqamli portaliga jalb etiladi: bu nima beradi?
O‘zbekiston YeOIIning yangi Sanoat raqamli portaliga jalb etiladi: bu nima beradi?
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va YeIK O‘zbekistonni yangi tashkil etilgan Sanoat raqamli portali faoliyatiga jalb etishga kelishdi. Tomonlar 2026–2028 yillarga yangi rejani tezlashtirish va Toshkentda 5-yig‘ilish o‘tkazishni ham muhokama qildi.
2026-04-22T09:21+0500
2026-04-22T09:21+0500
2026-04-22T09:31+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
raqamli texnologiyalar
muzokaralar
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/16/57048227_0:0:2560:1441_1920x0_80_0_0_f03c9f0440e51e88efa680ab1bb90e36.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da yangi tashkil etilgan Sanoat raqamli portali faoliyatiga jalb etiladi. Bu bo‘yicha 21-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Sanoat va agrosanoat majmuasi bo‘yicha vaziri Goar Barsegan uchrashuvida kelishuvga erishildi.Qayd etilishicha, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga o‘sib, 20 milliard dollardan oshdi. O‘zbekiston umumiy tashqi savdo aylanmasida YeOII ulushi qariyb 25 foizni, eksportda esa qariyb 30 foizni tashkil etdi.YeIK bilan 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan uch yillik chora-tadbirlar rejasi doirasida qo‘shma ishchi guruh formatida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.Ma’lumot uchun: Sanoat raqamli portali — bu YeOII makonidagi sanoat korxonalari, mahsulotlar, texnologiyalar va loyihalar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamlaydigan platforma bo‘lib, u korxonalarga hamkor topish va kooperatsiya zanjirlariga kirishni yengillashtirishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260421/uzbekistan-eaeu-iqtisodiyotlar-57041419.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/16/57048227_137:0:2408:1703_1920x0_80_0_0_fdfd734eb8a33c8fa21aa03555138346.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, raqamli texnologiyalar, muzokaralar, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
yeoii, raqamli texnologiyalar, muzokaralar, investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
O‘zbekiston YeOIIning yangi Sanoat raqamli portaliga jalb etiladi: bu nima beradi?
09:21 22.04.2026 (yangilandi: 09:31 22.04.2026) O‘zbekistonni YeOIIning Sanoat raqamli portaliga jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Platforma korxonalarga YeOIIda sheriklar va hamkorlik loyihalari ma’lumotlariga chiqish imkonini kengaytiradi
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da yangi tashkil etilgan Sanoat raqamli portali faoliyatiga jalb etiladi. Bu bo‘yicha 21-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Sanoat va agrosanoat majmuasi bo‘yicha vaziri Goar Barsegan uchrashuvida
kelishuvga erishildi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi rejani tayyorlash jarayonini jadallashtirishga ham kelishib oldi. Shuningdek, joriy yilda Toshkent shahrida qo‘shma ishchi guruhning 5-yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga o‘sib, 20 milliard dollardan oshdi. O‘zbekiston umumiy tashqi savdo aylanmasida YeOII ulushi qariyb 25 foizni, eksportda esa qariyb 30 foizni tashkil etdi.
YeIK bilan 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan uch yillik chora-tadbirlar rejasi doirasida qo‘shma ishchi guruh formatida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun: Sanoat raqamli portali — bu YeOII makonidagi sanoat korxonalari, mahsulotlar, texnologiyalar va loyihalar haqidagi ma’lumotlarni bir joyga jamlaydigan platforma bo‘lib, u korxonalarga hamkor topish va kooperatsiya zanjirlariga kirishni yengillashtirishi kutilmoqda.