https://oz.sputniknews.uz/20260421/uzbekistan-eaeu-iqtisodiyotlar-57041419.html
Barsegan: O‘zbekiston va YeOII iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirib turadi
Barsegan: O‘zbekiston va YeOII iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirib turadi
Sputnik O‘zbekiston
YeIK vaziri Goar Barseganga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII davlatlari iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirib turadi, shu bois sanoat va agrosanoat sohalaridagi hamkorlikni... 21.04.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-04-21T18:17+0500
2026-04-21T18:17+0500
2026-04-21T18:17+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
hamkorlik
iqtisod
yeik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57040880_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_e4f40468ead2b5ffae29f88d37e879d9.jpg
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston kuzatuvchi davlat sifatida YeOII jarayonlariga faol jalb qilingan va tomonlar iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirib turadi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida YeIK sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan ma’lum qildi.Uning aytishicha, bu qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, yengil sanoat hamda farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun asos yaratadi.U O‘zbekiston kuzatuvchi davlat sifatida ushbu jarayonga juda faol jalb qilinganini qayd etdi. Barseganning aytishicha, tomonlar qishloq xo‘jaligi, temiryo‘l mashinasozligi, yengil sanoat, farmatsevtika va zargarlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirmoqda.Shuningdek, u O‘zbekiston va YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasidagi qo‘shma korxonalar umumiy soni qariyb 5 mingtaga, sanoat sohasidagi kooperatsion o‘zaro yetkazib berish hajmi esa qariyb 8 milliard dollarga yetganini aytdi. Uning fikricha, bu raqamlar mustahkam iqtisodiy aloqalardan dalolat beradi.Barseganning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning YeOIIga a’zo har bir davlat bilan muvaffaqiyatli hamkorlik misollari bor. Xususan, Rossiya bilan qariyb 3 mingta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda. U, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va agrosanoat majmuasini rivojlantirish ham O‘zbekiston, ham ittifoq davlatlari uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganini aytdi.Ba’tafsil - Sputnik O‘zbekiston videosida.
https://oz.sputniknews.uz/20260420/uzbekistan-eaeu-qoshma-korxonalar-56998996.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57040880_258:0:1698:1080_1920x0_80_0_0_0826f53042ded3c8c7b963b39c15cc41.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, hamkorlik, iqtisod, yeik
yeoii, hamkorlik, iqtisod, yeik
Barsegan: O‘zbekiston va YeOII iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirib turadi
Eksklyuziv
YeIK vaziri Goar Barseganga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII davlatlari iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirib turadi, shu bois sanoat va agrosanoat sohalaridagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarur.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekiston kuzatuvchi davlat sifatida YeOII jarayonlariga faol jalb qilingan va tomonlar iqtisodiyotlari bir-birini to‘ldirib turadi. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida YeIK sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan ma’lum qildi.
Uning aytishicha, bu qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, yengil sanoat hamda farmatsevtika kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun asos yaratadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tez o‘zgarayotgan dunyoda YeOII doirasidagi “beshlik” ham zamonaviy chaqiriqlarga javob berishi kerak. Barsegan sanoat va agrosanoat majmuasini rivojlantirish ko‘plab murakkab masalalarga yechim topishga yordam berishini ta’kidladi.
U O‘zbekiston kuzatuvchi davlat sifatida ushbu jarayonga juda faol jalb qilinganini qayd etdi. Barseganning aytishicha, tomonlar qishloq xo‘jaligi, temiryo‘l mashinasozligi, yengil sanoat, farmatsevtika va zargarlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirmoqda.
Shuningdek, u O‘zbekiston va YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasidagi qo‘shma korxonalar umumiy soni qariyb 5 mingtaga, sanoat sohasidagi kooperatsion o‘zaro yetkazib berish hajmi esa qariyb 8 milliard dollarga yetganini aytdi. Uning fikricha, bu raqamlar mustahkam iqtisodiy aloqalardan dalolat beradi.
Barseganning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning YeOIIga a’zo har bir davlat bilan muvaffaqiyatli hamkorlik misollari bor. Xususan, Rossiya bilan qariyb 3 mingta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
Qozog‘iston bilan mashinasozlik va qurilish xizmatlari sohasida, Belarus bilan “Amkodor” va Minsk traktor zavodi ishtirokida, Qirg‘iziston bilan ham qo‘shma korxonalar yo‘lga qo‘yilgan.
U, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va agrosanoat majmuasini rivojlantirish ham O‘zbekiston, ham ittifoq davlatlari uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganini aytdi.
Ba’tafsil -
Sputnik O‘zbekiston videosida.