https://oz.sputniknews.uz/20260422/samarqand-forumi-yakunlari-deklaratsiya-dron-bolinmasi-va-yoshlar-sammiti-57049968.html
Samarqand forumi yakunlari: deklaratsiya, dron bo‘linmasi va yoshlar sammiti
Samarqand forumi yakunlari: deklaratsiya, dron bo‘linmasi va yoshlar sammiti
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro forum yakunlariga ko‘ra Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Forum doirasida yoshlar sammiti o‘tdi va Qirg‘iziston dronlar bo‘linmasini taqdim etdi.
2026-04-22T09:56+0500
2026-04-22T09:56+0500
2026-04-22T09:56+0500
narkotik moddalar
o‘zbekiston
bmt
giyohvand moddalar
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57042836_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_68dbc54c6b404ad7930cb97c447e48cf.jpg
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Samarqandda transmilliy giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro forum yakunlariga ko‘ra, giyohvandlikka qarshi kurashda yangi yondashuvlarni belgilab beruvchi Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.Hujjat narkotik tahdidlarga qarshi tarqoq kurashdan tizimli va xalqaro miqyosda muvofiqlashtirilgan siyosatga o‘tishni nazarda tutadi. Unda kuch ishlatish choralari bilan birga profilaktika va davolashga ham e’tibor qaratish, moliyaviy oqimlarni aniqlash, kriptoaktivlarni bloklash va sintetik moddalar ishlab chiqarish kanallarini tugatish taklif etilmoqda.BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili o‘rinbosari Aleksandr Fedulov Markaziy Osiyoni hozirgi va kelajak avlod uchun xavfsizlik, salomatlik va farovonlik hukm suradigan giyohvand moddalardan xoli hududga aylantirish bo‘yicha qaror qabul qilinganini ta’kidladi.Forum doirasida Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha birinchi uchuvchisiz bo‘linmani taqdim etdi.Shuningdek, Issiqko‘lda uchuvchisiz texnologiyalar markazini tashkil etish rejasi ma’lum qilindi. U dron operatorlarini tayyorlash, dronlar yordamida jinoyatchilikka qarshi kurashish, raqamli kriminalistika va giyohvand moddalar savdosi hamda uyushgan jinoyatchilikka qarshi laboratoriyani o‘z ichiga oladi.Samarqandda forum doirasida xalqaro yoshlar sammiti ham bo‘lib o‘tdi. Unda turli mamlakatlardan kelgan yoshlar giyohvandlik jinoyatlariga qarshi qaratilgan loyihalar va startaplarini taqdim etdi. Sammitda giyohvandlik va psixotrop moddalarga ruju qo‘yish oqibatlari haqida sahnalashtirilgan chiqish ham namoyish etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260420/mirziyoev-narkotahdidlar-forum-murojaat-56991700.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/15/57042836_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e92c2fa42cd49c8ddf99beba9f00dc21.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
narkotik moddalar, o‘zbekiston, bmt, giyohvand moddalar, qirg‘iziston
narkotik moddalar, o‘zbekiston, bmt, giyohvand moddalar, qirg‘iziston
Samarqand forumi yakunlari: deklaratsiya, dron bo‘linmasi va yoshlar sammiti
Samarqanddagi xalqaro forum yakunlariga ko‘ra, giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi, Qirg‘iziston uchuvchisiz bo‘linmasini namoyish etdi va yoshlar sammiti o‘tkazildi
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Samarqandda transmilliy giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro forum yakunlariga ko‘ra, giyohvandlikka qarshi kurashda yangi yondashuvlarni belgilab beruvchi Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Hujjat narkotik tahdidlarga qarshi tarqoq kurashdan tizimli va xalqaro miqyosda muvofiqlashtirilgan siyosatga o‘tishni nazarda tutadi. Unda kuch ishlatish choralari bilan birga profilaktika va davolashga ham e’tibor qaratish, moliyaviy oqimlarni aniqlash, kriptoaktivlarni bloklash va sintetik moddalar ishlab chiqarish kanallarini tugatish taklif etilmoqda.
BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili o‘rinbosari Aleksandr Fedulov Markaziy Osiyoni hozirgi va kelajak avlod uchun xavfsizlik, salomatlik va farovonlik hukm suradigan giyohvand moddalardan xoli hududga aylantirish bo‘yicha qaror qabul qilinganini ta’kidladi.
Forum doirasida Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda giyohvandlik tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha birinchi uchuvchisiz bo‘linmani taqdim etdi.
BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Qirg‘izistondagi dasturiy ofisi rahbari Andrey Seleznevning aytishicha, Rossiya homiyligi va Qirg‘iziston IIV ko‘magida tashkil etilgan mazkur bo‘linma 200 dan ortiq operatsiyada qatnashib, 7 tonnadan ziyod giyohvand moddalarni musodara qilgan.
Shuningdek, Issiqko‘lda uchuvchisiz texnologiyalar markazini tashkil etish rejasi ma’lum qilindi. U dron operatorlarini tayyorlash, dronlar yordamida jinoyatchilikka qarshi kurashish, raqamli kriminalistika va giyohvand moddalar savdosi hamda uyushgan jinoyatchilikka qarshi laboratoriyani o‘z ichiga oladi.
Samarqandda forum doirasida xalqaro yoshlar sammiti ham bo‘lib o‘tdi. Unda turli mamlakatlardan kelgan yoshlar giyohvandlik jinoyatlariga qarshi qaratilgan loyihalar va startaplarini taqdim etdi. Sammitda giyohvandlik va psixotrop moddalarga ruju qo‘yish oqibatlari haqida sahnalashtirilgan chiqish ham namoyish etildi.