Mirziyoyev narkotahdidlar bo‘yicha forumga murojaat yo‘lladi: asosiy raqamlar va takliflar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev (arxivnoe foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2026
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan forum ishtirokchilariga murojaatida narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha raqamlar va yangi tashabbuslarni keltirdi
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Murojaatda davlat rahbari dunyo va O‘zbekistondagi vaziyatga doir raqamlarni keltirib, bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra:
dunyoda 300 milliondan ortiq odam giyohvand moddalar ta’siriga tushib qolgan;
har yili 600 mingga yaqin inson bu illat qurboniga aylanmoqda;
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda sohada 20 dan ortiq qonun hujjati qabul qilingan;
2024 yilda narkotiklarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya tasdiqlangan;
narko-jinoyatlarni aniqlash ko‘rsatkichi 2,5 barobarga oshgan;
musodara qilingan giyohvandlik vositalari hajmi 2 barobarga ko‘paygan;
yo‘q qilingan sintetik narkotiklar 7 barobarga oshgan;
o‘tgan yili 15 mingdan ziyod narko-jinoyat fosh etilgan;
qariyb 3,5 tonna giyohvandlik vositalari, jumladan 120 kilogramm sintetik narkotiklar yo‘q qilingan;
14 ta yashirin narko-laboratoriya va 72 ta yirik internet-do‘kon faoliyatiga chek qo‘yilgan;
bunday jinoyatlarning uchdan biri yoshlar tomonidan sodir etilmoqda;
“Anti-Narko” volontorlik harakati 17 mingdan ortiq yoshni birlashtirgan.
Prezident quyidagi takliflarni ham bildirdi:
huquq-tartibot idoralari uchun sun’iy intellekt asosida ishlaydigan yagona raqamli platforma yaratish;
kripto-birjalar uchun majburiy identifikatsiya standartlarini birxillashtirish;
offshor yurisdiksiyalar bilan ma’lumot almashinuvini kuchaytirish;
“noma’lum manba” mablag‘larini avtomatik bloklash mexanizmlarini joriy etish;
noqonuniy mablag‘lar harakatini aniqlaydigan “xalqaro raqamli qora kod” tizimini ishlab chiqish;
sintetik narkotiklarga ruju qo‘ygan bemorlarni davolash bo‘yicha umumiy standartlar ishlab chiqish;
Markaziy Osiyo Narkologlar assotsiatsiyasini tuzish va uning bosh ofisini Samarqandda joylashtirish;
narko-trafik xavfi yuqori bo‘lgan hududlar uchun maxsus rivojlanish dasturini ishlab chiqish.
Forumda BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi rahbariyati vakillari, shuningdek xalqaro tashkilotlar va xorijiy hukumatlar vakillaridan iborat 500 ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.
Prezident Samarqand deklaratsiyasi bu yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Turisticheskiy sentr v Samarkande prinyal za polgoda bolee 40 tisach gostey   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2026
Samarqandda BMT bilan hamkorlikda narkotahdidlar bo‘yicha global forum bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0