Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Oxirgi marta 2024-yil otishganman": Rossiya jangchisi qurolli janglar kamayganligini aytdi

© RIA Novosti / /Aleksey MayshevMorpex RF rasskazal o snijenii intensivnosti strelkovix boyev v zone SVO
Morpex RF rasskazal o snijenii intensivnosti strelkovix boyev v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
Obuna bo‘lish
“Markaz” guruhi tarkibidagi dengiz piyodasiga ko‘ra, frontda otishmalar siyraklashgan, hozir esa asosiy to‘qnashuvlar dronlar va masofaviy zarbalar orqali kechmoqda.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Maxsus harbiy operatsiya zonasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri otishmalar intensivligi pasaygan, frontda esa asosiy bosim dronlar va masofadan turib zarba berish vositalari hisobiga yuzaga kelmoqda.
Bu haqda RIA Novostiga “Markaz” qo‘shinlar guruhi tarkibida harakat qiluvchi 177-gvardiya dengiz piyodalari polkining “Peves” laqabli harbiy xizmatchisi ma’lum qildi.
Uning aytishicha, hozir oldingi chiziqda dushmanning shaxsiy tarkibi kam ko‘rinadi. Ko‘p hollarda pozitsiyalarda ikki-uch nafardan harbiy bo‘ladi, asosiy harakat esa masofadan turib amalga oshiriladi.

“Aytishim mumkinki, men oxirgi marta 2024-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri otishmada qatnashganman.”, — dedi u.

Harbiy xizmatchining ta’kidlashicha, hozir frontda dushmanni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish ham qiyinlashgan.
“Hozir bunday to‘qnashuvlar kamdan-kam uchraydi — asosan dronlar va boshqa vositalar qo‘llaniladi”, — dedi “Peves”.
Shu bilan birga, u Dobropolye yo‘nalishidagi operatsiyalardan birini sshzlab berdi.
Dengiz piyodasining aytishicha, hujum Ukraina tomonining og‘ir “Baba-Yaga” dronlaridan faol foydalanishi sharoitida amalga oshirilgan. Rossiyalik harbiylar bu vaziyatda issiqlikni yashiradigan kostumlardan foydalanib, tunda pozitsiyaga yaqinlashgan.
“Kechasi kirdik, dushman buni kutmagan edi. Natijada sakkiz kishilik guruh 16 nafar jangchini yo‘q qildi”, — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, topshiriq bajarilgandan keyin bo‘linma egallab turgan pozitsiyalarda mustahkamlangan.
Spetsialnaya voyennaya operatsiya (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Muhim hujjat va asirlar: Rossiya Mudofaa vazirligi razvedka operatsiyasi haqida ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0