Innoprom - 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920
INNOPROM. Markaziy Osiyo – 2026
INNOPROM — sanoat va texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma bo‘lib, unda kompaniyalar loyihalarini namoyish etadi va yangi hamkorliklar o‘rnatadi. 2026-yilda unda 35 davlatdan, jumladan, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, BAA, Ozarbayjondan delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

Innopromda muhokama: ish beruvchilar qanday kadrlarni kutmoqda, dual ta’lim nima uchun kerak

© SputnikNa Innoprome obsudili, kak preodolet razriv mejdu visshim obrazovaniyem i promishlennostyu
Na Innoprome obsudili, kak preodolet razriv mejdu visshim obrazovaniyem i promishlennostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim muassasalarida dual dasturlar ko‘paytirilmoqda, chunki statistikaga ko‘ra, muhandislik bitiruvchilarining atigi 27 foizi sanoatning real talablariga tayyor, dedi rektor Olimjon To‘ychiyev
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida dual dasturlar soni sanoat ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash maqsadida ko‘paytirilmoqda.
Bu haqda Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori Olimjon To‘ychiyev “Innoprom” doirasidagi “Kelajak kadrlarini loyihalashtiramiz” forsayt sessiyasida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning ta’kidlashicha, statistikaga ko‘ra, muhandislik yo‘nalishi bitiruvchilarining atigi 27 foizi sanoatning haqiqiy talablariga tayyor.
“Shuning uchun biz hozir buning ustida ishlayapmiz, dual dasturlarimiz sonini aynan ishlab chiqarish bilan ko‘paytirmoqdamiz. Bu yerda talabalar nafaqat universitetda beriladigan fundamental bilimlarni olish, balki ularni sanoatda qo‘llash imkoniyatiga ham ega bo‘ladi”, — dedi rektor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu muammo faqat O‘zbekiston, Markaziy Osiyo yoki Rossiyaga xos emas, balki butun dunyo uchun dolzarb masala hisoblanadi.
NIYaU MIFI Toshkent filiali direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Zarina Uzoqova esa filialda allaqachon ikki marta bitiruv bo‘lib o‘tganini aytdi. Uning ma’lum qilishicha, bitiruvchilarning 50 foizi dunyoning yetakchi universitetlarida o‘qishni davom ettirmoqda, qolgan 50 foizi esa mehnat faoliyatini boshlagan.
© SputnikNa Innoprome obsudili, kak preodolet razriv mejdu visshim obrazovaniyem i promishlennostyu
Na Innoprome obsudili, kak preodolet razriv mejdu visshim obrazovaniyem i promishlennostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
Na Innoprome obsudili, kak preodolet razriv mejdu visshim obrazovaniyem i promishlennostyu
Uning aytishicha, bitiruvchilarga GTL, Jur’at, Yadro fizikasi instituti, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zbekkimomash” zavodlari qiziqish bildirgan. Ish beruvchilarning o‘zi ham o‘quv jarayonida ishtirok etib, mashg‘ulotlar o‘tkazadi, komissiya va yakuniy imtihonlarda qatnashadi.
NITU MISISning fan va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Mixail Filonov ham sanoat juda tez o‘zgarayotganini, oliy o‘quv yurtlari esa bu jarayonga tez moslashishi kerakligini ta’kidladi.
© SputnikNa Innoprome obsudili, kak preodolet razriv mejdu visshim obrazovaniyem i promishlennostyu
Na Innoprome obsudili, kak preodolet razriv mejdu visshim obrazovaniyem i promishlennostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
Na Innoprome obsudili, kak preodolet razriv mejdu visshim obrazovaniyem i promishlennostyu
“Moskva maydonchasida ham, Olmaliqdagi filialda ham biz sanoat buyurtmasiga juda tez moslashishimiz kerakligini his qilmoqdamiz”, — dedi u.
“Severstal Injiniring” kompaniyasining yangi mahsulotlarni ishlab chiqish yo‘nalishi rahbari Grigoriy Veselkov esa bugun ish beruvchilar bitiruvchilardan sun’iy intellekt bilan ishlash, uni o‘z kasbiga joriy etish, CRM tizimlarini bilish, loyiha faoliyati ko‘nikmalariga ega bo‘lish va kamida bitta chet tilini bilishni kutayotganini aytdi.
© SputnikNa Innoprome obsudili, kak preodolet razriv mejdu visshim obrazovaniyem i promishlennostyu
Na Innoprome obsudili, kak preodolet razriv mejdu visshim obrazovaniyem i promishlennostyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2026
Na Innoprome obsudili, kak preodolet razriv mejdu visshim obrazovaniyem i promishlennostyu
Uning so‘zlariga ko‘ra, soft skills orasida moslashuvchanlik va jamoada ishlash qobiliyati, shuningdek, ta’lim davomida olingan amaliy tajriba ham katta ahamiyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, Sputnik O‘zbekiston “Innoprom” ko‘rgazmasining rasmiy axborot hamkori hisoblanadi.
Totalniy diktant - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2026
Mehnat bozoriga mos: oliy ta’limga oid yangi nizom tasdiqlandi
Yangiliklar lentasi
0