Bank karta faqat o‘zi yoki qarindoshiga biriktiriladi, sutkada 1 ta onlayn kredit olish mumkin

© Sputnik / Baxrom XatamovPlatejniy instrument dlya oplati tovarov i uslug
Platejniy instrument dlya oplati tovarov i uslug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Obuna bo‘lish
Nizomga ko‘ra, mobil ilovada moliyaviy operatsiyani faqat shaxsning o‘zi yoki yaqin qarindoshlari amalga oshira oladi. Shuningdek, bir kunda faqat bitta bankdan onlayn kredit olish tartibi joriy etildi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda endilikda mobil ilovada foydalanuvchi akkauntiga faqat o‘zi yoki yaqin qarindoshlariga tegishli bank kartasi, hisobvarag‘i va elektron hamonni biriktirib, P2P o‘tkazmalarini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi. Tegishli nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu nizom jismoniy shaxslarga masofadan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha minimal talablarni belgilaydi.
Nizomga muvofiq, foydalanuvchining telefon raqami va JShShIRi mosligi tekshiriladi. Agar moslik aniqlanmasa, mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish va bank kartasini biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit va to‘lov tashkilotlari foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyadan o‘tkazishda hayotiylik faktorlarini aniqlashi shart. Ya’ni, faqat rasm orqali identifikatsiya qilish taqiqlanadi.
Telefon raqamiga yuborilgan bir martalik SMS-kod uch marta noto‘g‘ri kiritilgan taqdirda, foydalanuvchining mobil ilovadagi harakatlari 15 daqiqaga vaqtincha cheklanadi.
Mobil ilovadagi akkauntga boshqa qurilmadan kirilganda yoki parol qayta tiklanganda, ushbu akkauntga bog‘langan barcha bank kartalari mobil ilovadan avtomatik tarzda chiqarib yuboriladi. Shu bilan birga, ushbu qurilmada bank kartalari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalar tarixi ham o‘chiriladi.
Bank kartalarini qayta biriktirish faqat biometrik identifikatsiyadan o‘tgan holda amalga oshiriladi.
Shuningdek, nizomga ko‘ra, agar bitta JShShIR bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta kredit tashkiloti so‘rov yuborsa, kredit burosi faqat birinchi bo‘lib yuborilgan so‘rovga javob beradi.
Agar birinchi so‘rov yuborgan kredit tashkiloti ushbu JShShIR bo‘yicha onlayn kredit rasmiylashtirilganini ma’lum qilsa, kredit burosi mazkur JShShIR bo‘yicha boshqa kredit tashkilotlaridan 24 soat davomida so‘rov qabul qilinmasligi haqida axborot beradi.
Devushka s kreditnoy kartoy v ruke pered noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Firibgarlik yo‘li bilan fuqaro nomiga olingan onlayn kredit ushbu fuqarodan undirilmaydi
Yangiliklar lentasi
0