https://oz.sputniknews.uz/20260419/samarkand-kashtachilik-festival-56983503.html
Samarqandda IV Xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tmoqda
Samarqandda IV Xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda 17–19 aprel kunlari IV Xalqaro kashtachilik festivali o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston hududlari va Markaziy Osiyoning qo‘shni davlatlaridan 110 dan ortiq hunarmand ishtirok etapti.
2026-04-19T15:41+0500
2026-04-19T15:41+0500
2026-04-19T15:42+0500
hunarmandlar
samarqand
turizm
o‘zbekiston
festival
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/13/56982005_441:0:3698:1832_1920x0_80_0_0_145ccfccbc6ac226165d23e27c6de2e2.jpg
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Samarqandda IV Xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.Festivalda O‘zbekiston hududlari, shuningdek, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan 110 dan ortiq hunarmand ishtirok etmoqda. Tadbir 17–19 aprel kunlari Samarqandning tarixiy markazida o‘tkazilmoqda.Yarmarka davomida mehmonlar hunarmandchilikning o‘ziga xos texnikasi, etnik naqshlar va turli maktablar uslubi bilan tanishishi mumkin. Masalan, Shahrisabzning “Iroqi” xoch kashta uslubi shahar aholisi va sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Turkman va tojik guldo‘zi namunalari ham ko‘pchilik e’tiborini tortmoqda.Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, festival dasturidan mohir ustalar tayyorlagan so‘zana va kashtachilik asarlari ko‘rgazmalari, mahorat darslari, milliy suvenirlar yarmarkasi hamda folklor jamoalari chiqishlari ham o‘rin olgan.Shuningdek, yarmarkada Markaziy Osiyo xalqlarining etnik liboslarini kiyib ko‘rish yoki xarid qilish mumkin. Bu esa festivalga nafaqat ko‘rgazma, balki madaniy muloqot maydoni tusini ham bermoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260319/hunarmandlar-korgazma-ochilish-56332262.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/13/56982005_848:0:3291:1832_1920x0_80_0_0_0fe3f009147d82bdf0c5711bed81eda2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand, iv xalqaro kashtachilik festivali, kashtachilik, so‘zana, hunarmandchilik yarmarkasi, islom karimov ko‘chasi, shahrisabz iroqi kashtasi, marg‘ilon ipagi, tojikiston, qozog‘iston, qirg‘iziston, turkmaniston
samarqand, iv xalqaro kashtachilik festivali, kashtachilik, so‘zana, hunarmandchilik yarmarkasi, islom karimov ko‘chasi, shahrisabz iroqi kashtasi, marg‘ilon ipagi, tojikiston, qozog‘iston, qirg‘iziston, turkmaniston
Samarqandda IV Xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tmoqda
15:41 19.04.2026 (yangilandi: 15:42 19.04.2026) Samarqandda 17–19 aprel kunlari o‘tayotgan IV Xalqaro kashtachilik festivalida O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan 110 dan ortiq hunarmand qatnashmoqda
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Samarqandda IV Xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Festivalda O‘zbekiston hududlari, shuningdek, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan 110 dan ortiq hunarmand ishtirok etmoqda. Tadbir 17–19 aprel kunlari Samarqandning tarixiy markazida o‘tkazilmoqda.
Festivalning asosiy tadbiri Islom Karimov ko‘chasidagi hunarmandchilik yarmarkasi bo‘ldi. Bu yerda Qoraqalpog‘istonning sopol idishlaridan tortib Marg‘ilon ipaklarigacha bo‘lgan turli mahsulotlar namoyish etilgan. Biroq markaziy o‘rinni kashtachilik egallaydi.
Yarmarka davomida mehmonlar hunarmandchilikning o‘ziga xos texnikasi, etnik naqshlar va turli maktablar uslubi bilan tanishishi mumkin. Masalan, Shahrisabzning “Iroqi” xoch kashta uslubi shahar aholisi va sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Turkman va tojik guldo‘zi namunalari ham ko‘pchilik e’tiborini tortmoqda.
Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, festival dasturidan mohir ustalar tayyorlagan so‘zana va kashtachilik asarlari ko‘rgazmalari, mahorat darslari, milliy suvenirlar yarmarkasi hamda folklor jamoalari chiqishlari ham o‘rin olgan.
Shuningdek, yarmarkada Markaziy Osiyo xalqlarining etnik liboslarini kiyib ko‘rish yoki xarid qilish mumkin. Bu esa festivalga nafaqat ko‘rgazma, balki madaniy muloqot maydoni tusini ham bermoqda.