JCh-2026 ga qur’a tashlandi: O‘zbekiston “K” guruhida

© Minsporta RUz.V Vashingtone sostoyalas jerebyevka gruppovogo etapa Chempionata mira-2026.
V Vashingtone sostoyalas jerebyevka gruppovogo etapa Chempionata mira-2026. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Portugaliya va Kolumbiya bilan bir guruhda.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. 2026 yilda AQSh va Meksikada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga qur’a tashlandi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi “K” guruhidan o‘rin oldi. Ushbu guruhda Portugaliya hamda Kolumbiya jamoalari bor. Shuningdek, pley-off natijasiga ko‘ra Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo jamoalaridan biri joylashadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro qur’a tashlash masroimidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

“Bu JChga qur’a tashlash marosimi va unda dunyoning istalgan jamoasiga duch kelish mumkin. Muhimi O‘zbekiston mundialda”, - dedi bosh murabbiy.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham qur’a tashlash marosimidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
“Ishonamizki, jamoamiz Jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, o‘z o‘yinlari bilan xalqimizni xursand qiladi”, - dedi Irmatov.
FIFA Jahon chempionati uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan stadionlar va o‘yinlar haqida ma’lumotni 6-dekabr kuni e’lon qiladi.
Yangiliklar lentasi
0