https://oz.sputniknews.uz/20260416/uzbekistan-fuqaro-pensiya-son-56931150.html
O‘zbekistonda qancha pensioner borligi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda qancha pensioner borligi ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2026-yil 1-aprel holatiga 4,327 mln pensiya oluvchi bor. Tahliliy hisob-kitoblarga ko‘ra, pensiya oluvchilarning aholiga nisbati eng yuqori Navoiy viloyatida — 13,05%, eng past ko‘rsatkich esa Jizzax viloyatida — 9,46%.
2026-04-16T13:44+0500
2026-04-16T13:44+0500
2026-04-16T16:17+0500
pensiya
nafaqa
o‘zbekiston
jamiyat
milliy statistika qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/324/46/3244636_0:642:1360:1407_1920x0_80_0_0_e06f23cd5875f411a84006478f8cac59.jpg
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 4,3 mlndan ortiq fuqaro pensiya oladi. Eng ko‘p pensiya oluvchi Farg‘ona viloyatida, umumiy aholiga nisbatan eng yuqori ulush esa Navoiy viloyatida qayd etildi.Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga jamg‘arma hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 327,6 ming nafarni tashkil etgan. Shundan 3 582 199 nafari yoshga doir, 485 889 nafari nogironlik, 259 476 nafari esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oladi.Hududlar kesimida pensiya oluvchilar soni eng ko‘p Farg‘ona viloyatida, eng kam esa Sirdaryo viloyatida qayd etildi.*Hisob-kitoblarda aholining hududiy soni bo‘yicha 2026-yil 1-yanvar holatiga e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlardan foydalanildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250910/uzbekistan-pensiya-yosh-51877992.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/324/46/3244636_0:515:1360:1535_1920x0_80_0_0_ee65dcb8d7dafba741935b55cfed8cd3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pensiya, pensiya jamg‘armasi, pensionerlar, pensiya oluvchilar, milliy statistika qo‘mitasi
pensiya, pensiya jamg‘armasi, pensionerlar, pensiya oluvchilar, milliy statistika qo‘mitasi
O‘zbekistonda qancha pensioner borligi ma’lum qilindi
13:44 16.04.2026 (yangilandi: 16:17 16.04.2026) O‘zbekistonda 4,327 mln pensiya oluvchi bor. Tahminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, ularning aholiga nisbati Navoiy viloyatida eng yuqori — 13,05%, Jizzaxda esa eng past — 9,46%ni tashkil etgan
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 4,3 mlndan ortiq fuqaro pensiya oladi. Eng ko‘p pensiya oluvchi Farg‘ona viloyatida, umumiy aholiga nisbatan eng yuqori ulush esa Navoiy viloyatida qayd etildi.
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga jamg‘arma hisobida turib pensiya oluvchi fuqarolar soni 4 327,6 ming nafarni tashkil etgan.
Shundan 3 582 199 nafari yoshga doir, 485 889 nafari nogironlik, 259 476 nafari esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 382 685 kishiga yetgan. Bu pensiya oluvchilar umumiy aholining 11,27 foizini tashkil etishini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida pensiya oluvchilar soni eng ko‘p Farg‘ona viloyatida, eng kam esa Sirdaryo viloyatida qayd etildi.
Hududlar kesimida pensiya oluvchilar soni va ularning aholiga nisbati*
Viloyat | Doimiy aholi soni (1.01.2026) | Pensiya oluvchilar soni (1.04.2026) | Pensiya oluvchilarning aholiga nisbati, (tahminiy) |
Navoiy viloyati | 1 111 900 | 145 200 | 13,05% |
Buxoro viloyati | 2 107 000 | 274400 | 13,02% |
Toshkent viloyati | 3 160 700 | 390 600 | 12,6% |
Toshkent shahri | 3 178 100 | 386 500 | 12,2% |
Farg‘ona viloyati | 4 223 000 | 510 900 | 12% |
Sirdaryo viloyati | 946 300 | 110800 | 11,7% |
Xorazm viloyati | 2 069 200 | 241 600 | 11,68% |
Andijon viloyati | 3 521 800 | 405 900 | 11,5% |
Qoraqalpog‘iston R | 2 053 200 | 230 600 | 11,2% |
Namangan viloyati | 3 190 800 | 339 900 | 10,6% |
Samarqand viloyati | 4 379 800 | 460 700 | 10,52% |
Qashqadaryo viloyati | 3 717 000 | 390 600 | 10,5% |
Surxondaryo viloyati | 3 011 000 | 291 400 | 9,7% |
Jizzax viloyati | 1 566 900 | 148 200 | 9,5% |
*Hisob-kitoblarda aholining hududiy soni bo‘yicha 2026-yil 1-yanvar holatiga e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlardan foydalanildi.