https://oz.sputniknews.uz/20260416/farrux-zokirov-orden-taqdirlanish-56925243.html
Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘ksaroyda Farrux Zokirovning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Prezident unga “Buyuk xizmatlari uchun” ordenini topshirdi, shuningdek, san’at maktabiga uning nomi berilishi e’lon qilindi.
2026-04-16T09:17+0500
2026-04-16T09:17+0500
2026-04-16T09:19+0500
madaniyat
buyuk xizmatlari uchun
shavkat mirziyoyev
qo‘shiqchilar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/10/56924926_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_511772fbf798549d6eb19e8105849f06.jpg
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning 80-yillik tavalludiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.Unda davlat va jamoat arboblari, madaniyat va san’at namoyandalari, “Yalla” ansambli a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.Davlat rahbari Farrux Zokirovni qutlab, uning milliy estrada san’atini yangi bosqichga olib chiqqanini ta’kidladi. Shuningdek, Zokirovlar sulolasining o‘zbek musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida qayd etildi.Shu bilan birga, Prezident tomonidan Farrux Zokirovni munosib taqdirlashga qaratilgan alohida farmon va qaror imzolangani e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi.Mazkur maktabda “Yalla” nomidagi bolalar ansambli, yoshlar ijodiy laboratoriyasi va zamonaviy studiya tashkil etiladi.Marosim yakunida Farrux Zokirovga milliy san’at va madaniyatni rivojlantirishdagi ko‘p yillik xizmatlari uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260415/farrux-zokirov-ijod-targib-qilish-qaror-56919804.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/10/56924926_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_b31b67aa4ae7ff044a4880a8ff32fa56.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
farrux zokirov, yalla ansambli, shavkat mirziyoyev, buyuk xizmatlari uchun ordeni, ko‘ksaroy, o‘zbekiston xalq artisti, 80-yillik, san’at maktabi, yashnobod tumani, zokirovlar sulolasi
farrux zokirov, yalla ansambli, shavkat mirziyoyev, buyuk xizmatlari uchun ordeni, ko‘ksaroy, o‘zbekiston xalq artisti, 80-yillik, san’at maktabi, yashnobod tumani, zokirovlar sulolasi
Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi
09:17 16.04.2026 (yangilandi: 09:19 16.04.2026) Ko‘ksaroyda Farrux Zokirovning 80-yilligi munosabati bilan o‘tgan tantanada san’atkor “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning 80-yillik tavalludiga bag‘ishlangan tantanali tadbir
bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat va jamoat arboblari, madaniyat va san’at namoyandalari, “Yalla” ansambli a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Davlat rahbari Farrux Zokirovni qutlab, uning milliy estrada san’atini yangi bosqichga olib chiqqanini ta’kidladi. Shuningdek, Zokirovlar sulolasining o‘zbek musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida qayd etildi.
Tadbirda “Yalla” ansamblining 55-yildan buyon nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro sahnalarda ham katta muvaffaqiyat qozonib kelayotgani, jamoa ijrosidagi 400 dan ortiq qo‘shiq milliy madaniyatning “oltin fondi”ga aylangani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, Prezident tomonidan Farrux Zokirovni munosib taqdirlashga qaratilgan alohida farmon va qaror imzolangani e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi.
Mazkur maktabda “Yalla” nomidagi bolalar ansambli, yoshlar ijodiy laboratoriyasi va zamonaviy studiya tashkil etiladi.
Marosim yakunida Farrux Zokirovga milliy san’at va madaniyatni rivojlantirishdagi ko‘p yillik xizmatlari uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni topshirildi.