Farrux Zokirov ijodini targ‘ib qilish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFarrux Zakirov nagrajden ordenom "El-yurt xurmati"
Farrux Zakirov nagrajden ordenom El-yurt xurmati  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2026
Obuna bo‘lish
Qaror bilan Farrux Zokirov nomini abadiylashtirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va estrada yo‘nalishidagi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yangi choralar belgilandi
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targ‘ib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi.
Maktabda “Yalla” bolalar ansambli, Yoshlar ijodiy laboratoriyasi hamda “ustoz-shogird” an’analari asosida estrada yo‘nalishida mahorat maktablari tashkil etiladi. Ustoz-ijodkorlar har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.
2026/2027 o‘quv yilidan Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridan 3 nafardan iqtidorli o‘quvchi tanlab olinib, ta’til paytida yozgi to‘garak va estrada xonandaligi bo‘yicha bepul kurslarga jalb etiladi. Shuningdek, zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etiladi.
2026–2027 yillarda xalqaro nufuzli tanlovlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularni tayyorlagan o‘qituvchilar bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. “Gran-pri” va 1-o‘rin uchun o‘quvchiga 30 mln, o‘qituvchiga 20 mln so‘m; 2-o‘rin uchun 20 mln va 10 mln so‘m; 3-o‘rin uchun 10 mln va 5 mln so‘m beriladi.
Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilarning bayram va yirik anjumanlarda ishtirok etishi qo‘llab-quvvatlanadi. A’lo baholarga o‘qiyotgan 10 nafar o‘quvchi esa ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablariga qo‘shimcha kvota asosida imtihonsiz qabul qilinadi.
Tavakkal Qodirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
Tavakkal Qodirovning 100-yilligi xalqaro miqyosda nishonlanadi - YuNESKO qarori
Yangiliklar lentasi
0