Rossiya prezidenti administratsiyasi vakili Sergey Kiriyenko O‘zbekistonga keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Uzbekistan pribil perviy zamrukovoditelya Administratsii Prezidenta RF Sergey Kiriyenko
V Uzbekistan pribil perviy zamrukovoditelya Administratsii Prezidenta RF Sergey Kiriyenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2026
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida Kreml vakili Sergey Kiriyenko O‘zbekiston oliy rahbariyati qabulida bo‘lishi, shuningdek muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida bugun yuqori martabali mehmon O‘zbekiston oliy rahbariyati qabulda bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Sergey Kiriyenko 2016-yil 5-oktabrdan buyon Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. U 1998-yilda Rossiya bosh vaziri bo‘lgan, 2005–2016 yillarda esa “Rosatom” davlat korporatsiyasiga rahbarlik qilgan.
Ta’kidlash joizki, ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston–Rossiya munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida izchil rivojlanib, yangi amaliy mazmun bilan boyib bormoqda.
Saida Mirziyoyeva provela rad vstrech v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2025
Saida Mirziyoyeva Moskvada prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosarlari bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0