Saida Mirziyoyeva Moskvada prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosarlari bilan uchrashdi
09:29 29.05.2025 (yangilandi: 10:31 29.05.2025)
© Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva provela rad vstrech v Moskve

© Saida Mirziyoyeva
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya Toshkentda amaliy maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya prezidenti Administratsiyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Moskvadagi uchrashuvlardan biri Rossiya Federatsiyasi prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan o‘tkazildi.
© Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva provela rad vstrech v Moskve

Saida Mirziyoyeva provela rad vstrech v Moskve
© Saida Mirziyoyeva
“Suhbat davomida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining asosiy yo‘nalishlari muhokama etildi. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchiligimizning mustahkam poydevori ekanligi alohida ta’kidlandi”, — deb yozadi Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rahbarlarning yangi avlodini tarbiyalash bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan tomonlar manfaatdor.
Quyidagilar ma’lum qilindi:
Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni tobora ortib bormoqda.
O‘zbekistonda Rossiyaning bir qator yetakchi universitetlari filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, Mirziyoyeva Rossiya Federatsiyasi prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksey Gromov bilan ham uchrashdi.
© Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva provela rad vstrech v Moskve

Saida Mirziyoyeva provela rad vstrech v Moskve
© Saida Mirziyoyeva
Asosiy e’tibor axborot sohasidagi hamkorlik masalalariga qaratildi.
“Media makonning tez sur’atlar bilan o‘zgarishi sharoitida xolisona va barqaror axborot muhitini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli makonni tartibga solish, feyklarga qarshi kurashish, mas’uliyatli jurnalistika standartlarini ilgari surish, shuningdek, kiberxavfsizlik sohasidagi qo‘shma qadamlar muhokama qilindi. Toshkentda amaliy maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorlik tasdiqlandi”, — deya qayd etgan Saida Mirziyoyeva.
© Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva provela rad vstrech v Moskve

Saida Mirziyoyeva provela rad vstrech v Moskve
© Saida Mirziyoyeva
Suhbat davomida mehnat migratsiyasi va madaniy diplomatiyani yoritish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
© Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva provela rad vstrech v Moskve

Saida Mirziyoyeva provela rad vstrech v Moskve
© Saida Mirziyoyeva
“Axborot kun tartibida ushbu masalalarga vazmin yondashuv muhimligi, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya xalqlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv va ishonchni mustahkamlash vositasi sifatida qo‘shma gumanitar tashabbuslarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi”, — deya qo‘shimcha qildi prezident yordamchisi.