DXX shubhali qo‘ng‘iroqlar ortidagi firibgarlardan ogohlantirdi

© iStock.com / Tero VesalainenMobilnaya fotografiya
Mobilnaya fotografiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2026
Obuna bo‘lish
Notanish chet el raqamidan tushgan qo‘ng‘iroq ortida mablag‘, shaxsiy ma’lumot va hatto ovoz yozuvini qo‘lga kiritishga qaratilgan firibgarlik turishi mumkin.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekistonda fuqarolarga xorijdan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlar soni ortib bormoqda. DXX mazkur usul orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlaridan ogohlantirib, ulardan saqlanish yuzasidan tavsiyalar berdi.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, bunday qo‘ng‘iroqlar odatiy telefon tarmog‘i orqali emas, balki internet va maxsus dasturlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Shu bois firibgarlar o‘z raqamini yashirib, ekranda boshqa davlat raqamini ko‘rsatadi.
Ta’kidlanishicha, bunday qo‘ng‘iroqlarga javob berish yoki ularga qayta qo‘ng‘iroq qilish xavfli bo‘lishi mumkin.
Xususan, telefon hisobidan mablag‘ yechilishi, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinishlar kuzatilishi, shuningdek raqam “faol” ekani aniqlanib, keyinchalik firibgarlik hujumlari ko‘payishi va ovozingizdan sun’iy intellekt yordamida soxtalashtirilgan holda foydalanilishi mumkin.
Fuqarolarga notanish chet el raqamlarini bloklash, ularga qayta aloqa qilmaslik va shaxsiy hamda moliyaviy ma’lumotlarni hech kimga bermaslik tavsiya etildi.
Naruchniki i molotok sudi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2026
O‘zbekistondagi soxta “koll-markaz” rossiyalik keksalar pulini firibgarlik bilan o‘zlashtirgan
Yangiliklar lentasi
0